Vebern Anton

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

VEBERN (Webern) Anton (1883.3.12, Vena — 1945.15.9, Zalsburg yakinidagi Mitterzil) — avstriya kompozitori, dirijyori va musikashunosi. Kompozitsiya boʻyicha A. Shyonbergdan saboq olgan (1904—08). Dirijyor sifatida Avstriya va Germaniya shaharlarida ishlagan (1908—13, 1917—38). Yangn Vena maktabi asoschilaridan. Ijodida polifonik uslub birmuncha murakkablashtirilgan dodekafoniya texnikasi bilan uzviy bogʻlangan. V. tarkiban kamer asarlar bastalagan, hajman minimalizmga intilgan, musiqiy puantilizmga zamin yaratgan. Aynan shu xususiyatlari bilan 20-asr kompozitorlik ijodiyoti (xususan, musiqiy avangardizm)ga katta taʼsir koʻrsatgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil