Veb-komiks

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Veb-komiks, onlayn-komiks yoki internet-komiks (inglizcha: web comics) komiksning bir turi boʻlib, internetda nashr etiladi. Ayrim veb-komikslar mashhurlikka erishib, qogʻoz holda ham chop etiladi. Hozir dunyoda mingdan oshiq ingliz tilida[1] va yuzlab boshqa tillarda veb-komikslar mavjud. Ommabop veb-komikslarga Cyanide and Happiness va xkcd misol boʻladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]