Vandei urushlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vandei urushlari - 18-a. oxiridagi Fransiya inqilobi va Direktoriya davrida mamlakatning garbiy viloyatlaridagi isyonga qarshi Fransiya hukumatining olib borgan urushlari. 1793 ydagi isyonning asosiy oʻchogʻi boʻlgan Vandey departamenti nomidan olingan. Isyonlarda dvoryanlar va ruhoniylar bilan bir qatorda dehqonlarning bir qismi ham ishtirok etgan. V. u. 1793 y.da oʻzining yuqori choʻqqisiga yetgan. V. u.dagi muhim voqea — 1795 y.dagi Kiberon ekspeditsiyasi boʻlgan. Bu urushlar fransuz xalqiga qimmatga tushgan: har ikki tomondan 600 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil