Vampirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vampirlar, arvoh shapalaklar, desmodsimonlar (Desmodontidae) — koʻrshapalaklar oilasi. Baʼzi slavyan xalqlarining eʼtiqodiga koʻra, goʻrdan chiqib odamlarning qonini soʻruvchi arvoh. Koʻchma maʼnoda — qonxoʻr, zolim odam. V.ni baʼzan barg burunlilar oilasiga kenja oila sifatida kiritiladi. Tanasining uz. 6,5—9 sm. Yuqori jagʻidagi kurak tishlari yirik va oʻtkir; qoziq tishlari yaxshi rivojlangan; keyingi (oziq) tishlari mayda, qisman reduksiyaga uchragan. Ichagi kalta, oshqozoni choʻziluvchan boʻlib, birdaniga koʻp miqdordagi oziqni saqlashta moslashgan. V. urugʻi Jan. va Markaziy Amerikada tarqalgan. Faqat issiqqonli hayvonlar (sut emizuvchilar, qushlar) qoni bilan oziqlanadi, odamga ham hujum qilishi mumkin. Kurak tishlari bilan oʻljasi terisini kesib, oqib chiqadigan kopni soʻrib oladi. Oʻljasi ogʻriq sezmaydi. V. soʻlagida qon ivishining oldini oladigan modda boʻladi. V. quturish kasalligining rezervanti (saqlovchisi) yoki tashuvchisi boʻlishi mumkin. Baʼzan V. mollarga yetkazgan jarohat bitmasdan yiring boylaganida ular halok boʻladi. Katta yoki oddiy V. (Desmodus rotundus) koʻp uchraydi. Ular chorvachilikka katta ziyon keltiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil