Vakansiyalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vakansiyalar (lot. vacans - bush) (Shotki nuqsonlari, "kovaklar") — kristall panjarasining atom yoki ion bulmagan boʻsh tugunlari; P shakli bilan ifodalanadi. V.larni vakant elektronlar sathlari (musbat "kovaklar") bilan chalkashtirmaslik kerak. Har qanday kristall panjarada V. boʻladi. Ion panjaralarda kation D+ va anion D~ V. mavjud. Kristallarda har doim atomlarning issiqlik harakati tufayli yuzaga keluvchi V. boʻladi. V. atomlarning batamom bugʻlanib ketmasligi oqibatida kristall sirtida "kovaklar" hosil boʻlishadi. V.ning hosil boʻlish ishi (panjaraning deformatsiya energiyasini hisobga olmaganda) atomlarning bugʻlanish ishiga teng . Shuning uchun kristall hajmidagi V.ning konsentratsiya muvozanati taxminan oʻsha temperaturadagi toʻyingan bugʻ konsentratsiyasiga teng boʻladi. V. qoʻshni atomlar bilan joy almashtirib, kristallda tartibsiz siljiydi. V.ning tartibsiz harakat yoʻli 6 ga teng kesmalardan iborat siniq chiziq hosil qiladi (5 — qoʻshni atomlar orasidagi masofa). V.ning bitta tugunda mavjud-lik oʻrtacha vaqti t, harakatning oʻrtacha tezligi uyp="f"- V.ning siljishi tufayli kristallda atomlar siljishi (oʻz-oʻzidan diffuziyalanish) hamda oʻzaro diffuziyalanish (geterodiffuziya) hodisasi sodir boʻladi. Atomlar kristallda gazdagiga nisbatan taxminan ye-"/kT marta sekin harakat qiladi (bunda i — bitta V. hosil boʻlishi energiyasi, k — Bolsman doimiysi, T— mutlaq temperatura). V. kristallning fizik xossalariga taʼsir qiladi: zichligini kamaytiradi, ion oʻtkazuvchanlikni hosil qiladi, anion V. elektronlarni oson tutadi, kation V. esa musbat "kovaklar"ni oson biriktirib oladi. V. metallarga termik ishlov berishda, ularning "dam olishi"da, kristallanish va b. jara-yonlarda muhim oʻrin egallaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil