Vagotomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vagotomiya (lot. vagus — adashgan va yun. tome — kesish) — adashgan nervni qirqish yoki qisman kesib tashlash. Yara kasalligini (meʼda, oʻn ikki barmoq ichak yarasi va b.) jarroxpik usuli bilan davolash usullaridan; koʻproq meʼdani operatsiya qilish chogʻida qoʻllaniladi. Tajribada V. 16—17-a. larda adashgan nerv faoliyatini oʻrganish uchun oʻtkazilgan. Tibbiyot amaliyotida ogʻir operatsiyalarni koʻtara olmaydigan bemorlarda V. operatsiyasi qilinadi. Kasallangan aʼzoning qaysi qismi operatsiya qilinishi lozimligiga qarab V. ning maʼlum bir xili qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil