Vagonetka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vagonetka (frans. Wagonnet — kichik vagon) — tor izli yoʻllarda yaqin masofalarga yuk tashiydigan kichik (0,5—6 m3) hajmli transport vositasi. V. lar qurilish, sanoat korxonalari va omborlar, kumir va ruda konlarida, karerlarda ishlatiladi. Bulardan tashqari maxsus (yogʻoch, suv, yoqilgʻi tashishga), odamlar (mas., konchilar) tashishga moʻljallangan xillari ham bor. V. lar motovozlar, elektrovozlar va parovozlar bilan tortiladi, qiya izlarda oʻzini gʻildiratib yuboriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil