Vadodara

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vadodara, Baroda — Hindistonning gʻarbidagi shahar, Gujarot shtatida. Aholisi 1,1 mln. kishi (1991). Transport yoʻllari tuguni. Ip gazlama sanoatining yirik markazlaridan biri. Kime, metallsozlik, farmatsevtika, sement, elektrotexnika sanoati korxonalari bor. Gugurt, trikotaj varezina buyumlari ishlab chikariladi. V. yaqinida neftni qayta ishlovchi yirik zavod bor. V. zarbof toʻqish bilan mashhur.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil