Botir Usmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Usmonov Botir Maqsudovichdan yoʻnaltirildi)

Botir Mansurovich Usmonovmeʼmor, millati oʻzbek, 1941-yil 13-martda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1969-yilda — ToshPI (Toshkent politexnika instituti, ayni kundagi Beruniy nomidagi Toshkent texnika universiteti) arxitektura fakultetini tamomlagan, Sharq mamlakati xalqaro arxitektura akademiyasining (SHMXAA) haqiqiy a’zosi.
  • 1977-yilda — Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati.
  • 1988-yilda — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan me’mor.
  • 1995-yilda — Ogʻa Xon xalqaro mukofoti laureati.

Mehnat faoliyati:[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 09.04.1960-yildan — 30.08.1963-yilgacha – Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan;
  • 1963—1964-yillarda — „Otdelstroy2“ SU 11-sonli tresti — texnik xodim;
  • 1964—1967-yillarda — Oktyabr inqilobi klubi rassomi;
  • 1968—1971-yillarda — „Oʻzdavloyiha“ instituti – katta texnik, arxitektorlar guruhi rahbari;
  • 1971—1978-yillarda — “Toshboshplan” instituti – arxitektorlar guruhi rahbari, ustaxona mudiri;
  • 1978—1982-yillarda — “OʻzIITU – Oʻzbekiston ixtisoslashtirilgan ilmiy-ta’mirlash ustaxonasi (“OʻzITQI” institutiga aylantirildi) — ustaxona mudiri, boʻlim bosh arxitektori;
  • 1982—1988-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston eksperimental ilmiy-ta’mirlash arxitektura-badiiy ustaxonasi – direktori;
  • 1988—1990-yillarda — Toshkent shahar arxitektura va shaharsozlik bosh boshqarmasi – boshliq oʻrinbosari, boshliq;
  • 1990—1994-yillarda — Oʻzbekiston Davlat qurilish qoʻmitasi huzuridagi “Davlat arxitektura qoʻmitasi” – rais oʻrinbosari;
  • 1994—2001-yillarda — Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Yodgorliklarni muhofaza qilish bosh ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi —boʻlim boshligʻi;
  • 2001—2017-yillarda — Oʻzbekiston arxitektorlar uyushmasi — raisining I-oʻrinbosari.

U yaratgan bino-inshootlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

B.M.Usmonov tomonidan barpo boʻlgan ishlar roʻyxati.

  1. Sochi shahridagi “Oʻzbekiston” sanatoriysi binosining interyer va eksteryer  koʻrinishi;
  2. Sochidagi 150 oʻrinli choyxona va “Oʻzbekiston” sanatoriysi hududini obodonlashtirish.
  3. Samarqand shahridagi “Afrosiyob” bozori loyihasi
  4. Toshkent shahridagi barcha transport turlari uchun markaziy dispetcherlik stansiyasi (MDS) binosi, Bosh pochta boʻlimi yonida.
  5. Sh.Rashidov va Oʻzbekiston koʻchalarini (hozirgi I.Karimov koʻchasi) kesib oʻtgan 12 qavatli turar-joy binosi. 
  6. Xurshida koʻchasidagi koʻp qavatli, 9 qavatli turar joy binosi. 
  7. OʻzITQI ta’mirlash instituti binosi, hozirgi Islom universiteti qoshidagi kollej.
  8. Toshkentdagi Buyuk knyazь Romanovning uyi (hozirgi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi qabulxonasi) restavrasiyasi.
  9. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Fargʻona, Namangan, Andijon, Jizzax, Termiz, Karman, Shahrisabz, Qarshi va boshqalar shaharlaridagi Oʻzbekiston madaniy me’rosi yodgorliklarini tiklash.

Usmonov Botir Mansurovich YUNESKO Assambleyasida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etdi va ma’ruza qildi va Buxoro shahrini Jahon gʻaznachiligi hisoblangan YUNESKOga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]