Usmon Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Usmon Yusupovich Yusupov
 Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi Bosh Kotibi
Mansab davri
1937-yil 27-sentabr – 1950-yil aprelgacha
Oʻtmishdoshi Akmal Ikromov
Vorisi Amin Niyozov
 Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisi
 
Mansab davri
1953-yil 7-aprel – 1954-yil 18-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Nuriddin Muhiddinov
Vorisi Nuriddin Muhiddinov
 SSSR Paxtachilik Vaziri
Mansab davri
1950-yil 5-aprel – 1953-yil 15-martgacha
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan
Vorisi lavozim tugatilgan
 Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Raisi
 
Mansab davri
1938-yil 17-iyul – 1938-yil 21-iyulgacha
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan
Vorisi Yoʻldosh Oxunboboyev (OʻzSSR Oliy Soveti Prezidiumi Raisi sifatida)
 Oʻzbekiston KP(b) MQ Toshkent viloyati boʻyicha Tashkiliy Byurosining Bosh Kotibi
Mansab davri
1938-yil yanvar – 1938-yil iyungacha
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan
Vorisi lavozim tugatilgan; uning oʻzi, Oʻzbekiston KP(b) Toshkent obkomi (viloyat qoʻmitasi) Bosh Kotibi sifatida
 Oʻzbekiston KP(b) Toshkent obkomi Bosh Kotibi
Mansab davri
1938-yil iyun – 1939-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan; uning oʻzi, Oʻzbekiston KP(b) MQ Toshkent viloyati boʻyicha Tashkiliy Byurosining Bosh Kotibi sifatida
Vorisi ?
 Oʻzbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati Xalq komissari
Mansab davri
1936-yil dekabr – 1937-yil sentabrgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1901-yil 18-fevral (1-mart)
Kaftarxona qishlogʻi, Margʻilon uyezdi, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1966-yil 7-may (65 yosh)
Yangiyoʻl, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi VKP(b) (1926-yildan)
Mukofotlari
Lenin Ordeni Lenin Ordeni Lenin Ordeni Lenin Ordeni
Lenin Ordeni Lenin Ordeni I darajali Vatan Urushi Ordeni Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni
"Hurmat belgisi" Ordeni

Usmon Yusupovich Yusupov (1-mart 1900, Fargʻona tumanidagi Kaptarxona qishlogʻi – 7-may 1966, Yangiyoʻl Toshkent) – davlat va siyosat arbobi. Mehnat faoliyatini 1916-yil Qovunchi (hozirgi Yangiyoʻl shahri)dagi paxta tozalash zavodida ishchilikdan boshlagan. Toshkent binokorlar uyushmasi raisi, kasaba uyushmalari Toshkent okrugi kengashi raisi (1926—1928). Oʻzbekiston Kompartiyasi MK kotibi (1928—1931), VSSPS Oʻrta Osiyo byurosi raisi (1931—1934). Oʻzbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati xalq komissari (1936—1937), Oʻzbekiston Kompartiyasi MK 1-kotibi (1937—1950). SSSR Paxtachilik ministri (1950—1953), Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi (1953—1954), Mirzachoʻldagi „4-Boyovut“ va „2-Boyovut“ szlari? va Yangiyoʻl tumanidagi „Xalqobod“ agrarsanoat birlashmasi direktori (1955—1966).

Usmon Yusupov respublikaga rahbar boʻlgan yillarda Oʻzbekistonda xalq hashari yoʻli bilan yirik suv inshootlari (Katta Fargʻona kanali, Kattaqoʻrgʻon suv ombori va boshqalar) qurilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida mamlakat gʻarbidan koʻchirib keltirilgan korxonalarni ishga tushirish, yangilarini qurish, frontni oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan muntazam taʼminlash, oʻzbekistonliklarni fashizmga qarshi kurashga safarbar qilish, urush tufayli uyjoy va boshpanasiz qolgan aholi hamda yetim qolgan bolalarga mehribonlik va insonparvarlik qilishda Usmon Yusupov bosh-qosh boʻlgan. U oʻz siyosiy faoliyati davrida imkoniyat doirasida Oʻzbekiston xalqi manfaatlarini himoya qilishga intilgan boʻlishiga qaramay ommaviy qatagʻon siyosatida (1937——1939) Markaz farmoyishlarini bajarishga majbur boʻlgan. Toshkentdagi Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan. Katta Fargʻona kanali, Fargʻona tumanidagi qishloq, respublikadagi bir necha maktab, koʻcha, shirkat xoʻjaligiga Usmon Yusupov nomi berilgan. Yangiyoʻl shahrida uy muzeyi bor, haykali mavjud[1][2].

Usmon Yusupov

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Izbrannie trudi, t. 1—3, T., 1982—84. Ad.\ Reskov B., Sedov G., Usman Yusupov, T., 1977
  2. Oʻzbekistonning yangi tarixi, 2-kitob (Oʻzbekiston sovet mustamlakachiligi davrida], T., 2000.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]