Foydalanuvchi:Saidali Akhtamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“UKRACH” MAHALLASI!

(Ukrach koʻchasi Tel: 93 991 33 96; 94 478 60 36)

Ukrach mahallasi Samarqand viloyati Urgut tumani da joylashgan, yer maydoni 128 ga, fermer xoʻjaligi yerlari bilan qoʻshib xisoblaganda 405 ga. Ukrach mahallasi Urgut tumanining “Taroqli”, “Kenagas” , “Qorabuloq”, “Tayloq”tumanining “Nayman 2”, “Davlatobod” mahallalari bilan chegaradosh. Ukrach mahallasi 1993- yil aprel oyida Urgut tumani sobiq Amir Temur jamoa xoʻjaligining Ukrach, Qoranayman , Xalqobod qishloqlari negizida tashkil topgan. Hozirgi paytda 4 axoli punkti yaʼniUkrach,Qoranayman,Xalqobod,Taraqqiyot qishloqlarini oʻz ichiga oladi. Mahalla nomi shu hududda yashovchi aholining 92 ta oʻzbek urugʻlarining “Nayman” bo’gʻiniga tegishli . Ukrach ,Nayman va Qoranayman urugʻlariga mansubligi bilan belgilanadi , “Ukrach” — soʻzi lugʻaviy maʼnosini aniqlashga doir ikkita talqin ( fikr) bor. 1.Joyning geografik joylashuvi , notekisligi, 2-ta soy oʻrtasidagi yerning tuya urkachiga oʻxshashligi bilanbelgilanadi;Urkach-Urkash-Ukrach. 2. Qadimda sharqiy sibirdagi Yenesiy (Enasoy) daryosining bir irmogʻi boʻlgan Nayma daryosi boʻylarida yashaganNayman urugʻidagi qattiq ovozda yigʻlovchi (ukirgich) nomini olgan kishidan tarqalib ketgan urugʻ nomi, yaʼniukirgichning avlodlari bilan bogʻlanadi! Mahalla tashkil topgan (1993) yilda mahalla aholisining soni 2331 kishi, xonadonlar soni esa 432 tani tashkil qilganboʻlsa, 2018- yilning 1-yanvar holatiga mahalla aholisi 4032 kishini, xonadonlar soni esa 772 tani tashkil qilmoqda. Mahalla aholisining 99,5 foizini etnik oʻzbeklar, 0,5 foizini tojik va tatar millatiga mansub boʻlgan fuqarolar tashkil qiladi. Hozirgi paytda mahalla hududida 1 ta umumiy taʼlim maktabi va filiali , 3 ta stadion, 2 ta bolalar bogʻchasi , 1 ta matbuot savdo doʻkoni, 1 ta maishiy xizmat majmuasi , 8 ta tijorat doʻkonlari, 2ta umumiy ovqatlanish shahobchasi , 2 ta nuroniylar choyxonasi, 2 ta nonvoyxona, 2 ta Goʻzallik saloni , 2 ta erkaklar sartaroshxonasi ,2 ta poyafzal taʼmirlash ustaxonasi, 3 ta avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shaxobchasi, metal idishlar ishlab chiqarish sehi, qo’ziqorin vasabzavotlar yetishtirishga ixtisoslashgan (maydoni 0,5 ga) xususiy issiqxona faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek hududda 800 oʻrinli Viloyat ruhiy kasalliklar shifoxonasi joylashgan . Mahalla guzari binosi mahallaning Ukrach qishlog’ida , 59- maktab, 27-sonli bolalar bogʻchasi, “Oysha mikro savdo” maishiy xizmat majmuasi , matlubot savdo doʻkoni bilan bir joyda joylashgan. 1984 yilda qishloq vrachlik punkti sifatida qurilgan sakkiz xona va 1 ta zaldan iborat bino qayta rekonstruksiya qilinib mahalla idorasi va nuroniylar choyxonasiga moslashtirilgan. Ukrach mahallasi Qoranayman qishlogida yashab o’tgan Obloqul ota Boboqulov (1921 yilda tugilgan ) Ulugʻ Vatan urushida Kursk yoyi janglarida tank xaydovchisi sifatida ishtirok etgan. Nemis bosqinchilari bilan boʻlgan navbatdagi tank janglarida Obloqul Boboqulovning tanki yonib ketadi va ogʻir jaroxatlangan hamda kuyib ketgan Obloqul Boboqulov 1945- yilda oʻz qishlogʻiga qaytib kelgan. Oʻzbek xalkqining jasur farzandi Obloqul Boboqulov 32 yildavomida oʻqituvchi, oʻquv boʻlimi mudiri, maktab direktori vazifasida ishlab yosh- avlodni vatanga sadoqat ruxidatarbiyalashda oʻzining ulkan xissasini kushgan, Obloqul ota Boboqulov ikkinchi,uchinchi darajali “Shuxrat” ordeni va birqancha medallar bilan taqdirlangan O.Boboqulov 1985-yilda vafot etgan . Ukrach mahallasi raisi lavozimida Nabiyev Rahmatillo Nabiyevich (1993—1993yy), Bolta Daminov(1997-2000yy), Nazokat Daminova (2001-2002yy), Mavlon Eshonqulov(2003-2006yy), Abdusaid Abdurasulov (2006-2011yy) lar faoliyat ko’rsatgan. Mazkur davrlarda mahalladakeng koʻlamda obodonchilik ishlari amalga oshirilgan , aholi tabiiy gaz bilan taʼminlangan , 59- oʻrta taʼlim maktabi qayta rekonstruksiya qilinib maktab filiali qurib bitkazilgan. Koʻchalar, guzarlar, qabristonlar, masjidlar taʼmirlangan va obodonlashtirilgan. Stadion va sport maydonchasi qurib bitkazilgan. 2011 yildan hozirgi paytgacha Ukrach mahallasi raisi vazifasida Otamurodov Sadriddin Ochilovich ishlab kelmoqda. Otamurodov Sadriddin Ochilovich 2017- yilda O’zini – oʻzi boshkarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Samarqand viloyat kengashi aʼzosi va bir vaqtning oʻzida O’zini oʻzi boshqarish organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashining taftish komissiyasi aʼzosi etib saylangan.