Urugʻdon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urugʻdon — odam va hayvonlar erkagida urugʻ hujayralar — spermatozoidlar shakllanadigan jinsiy bezlar. U. juft, baʼzan toq boʻladi. Boʻshliqichlilar, gʻovaktanlilar va boshqa sodda tuzilgan koʻp hujayralilar U.i jinsiy hujayralar yigʻindisidan iborat boʻlib, urugʻ hujayralari tana devorini yorib (ssifoid meduzalar, korall poliplar) yoki tana boʻshligʻidan ogʻiz teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Yassi chuvalchanglar U.i mayda pufakchalar shaklida. Boʻgʻimoyoklilar U.i juft boʻlib, shakli va tuzilishi har xil. Bosh skeletsizlar U.i 25 juftga yaqin, alohida chiqarish yoʻli boʻlmaydi. Koʻpchilik umurtqalilarda U. qorin boʻshligʻida simmetrik joylashgan.

Koʻpchilik sut emizuvchilarda (bir teshiklilar, hasharotxoʻrlar, chalatishlilar, xartumlilar, damanlar, sirenalar, kurakoyoklilar, kitsimonlardan tashqari) U. moyak xaltasida oʻrnashgan. Baʼzi sut emizuvchilar (mas, koʻpchilik kemiruvchilar)da U. moyak xaltasiga faqat urchish davrida tushadi, keyin yana qorin boʻshligʻiga koʻtariladi. Odam urugʻdoni ellipssimon shaklga ega (yana qarang Moyak, Jinsiy aʼzolar).