Ugom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ugom
Tavsif
Uzunligi 68,5
Suv sarfi 20,9 m³/s
Davlat Qozogʻiston va Oʻzbekiston
Ugom


Ugom (Oqburxon, Tikanak) — Toshkent viloyatidagi daryo. Chirchiq daryosining oʻng irmogʻi. Daryo havzasi shim.dan Talas Olatovi, gʻarbdan Qorjontov, sharkdan Ugom tog tizmalari bilan chegaralangan. Bir necha buloq suvlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 68,5 km, xavzasining maydoni 870 km². Ugom Chorvoq suv omborining quyi toʻgʻoni (bʼyef)dan oʻtgach, Chirchiq daryosiga quyiladi. Asosan, qor va qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryoning oʻrtacha yillik suv sarfi 43 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda), 12 m³/sek.gacha (kam suvli yilda). Toʻlinsuv davri martda boshlanadi, eng koʻp sutkalik suv sarfi aprel va iyunda boʻlib oʻtadi va 177 m³/sek.dan (koʻp suvli yilda) 54,5 m³/sek.gacha (kam suvli yilda) yetadi. Toʻlinsuv davri avgustda tugaydi. Daryo tez oqadi, oʻzanida ostonalar hosil qilgan. Oʻrta oqimi vodiysida keng terrasalar, daraxtzor, butazor va oʻtloqlar mavjud. Daryo vodiysida Chorvoq qishlogʻi, dam olish uylari, bolalar oromgohlari joylashgan.

Ugom daryosi yozda
Ugom daryosi
Ugom va Chirchiq