Turk (etnik guruh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turk — oʻzbeklar tarkibidagi etnik guruhlardan biri. T. 4 yirik qabila (turk, musobozori, kaltatoy va barlos)dan iborat boʻlgan. 6—16-asrlarda hozirgi Oʻzbekiston hududiga kelib joylashgan. Qad. va oʻrta asrlardagi turkiy qabilalarning qoldiqlaridan tarkib topgan. T. tarkibiga turklashgan moʻgʻul qabilalarning ayrim guruxlari ham kirgan. Ular, baʼzan, chorvachilik va qisman dehqonchilik bilan shugʻullangan. Burun T.lar moddiy va maʼnaviy jihatdan boshqa oʻzbek guruhlaridan farq qilmasada, ayrim urfodatlari va xoʻjalik faoliyati bilan ajralib turgan. 20-asrning boshlarida T.larning koʻpchiligi togʻlardan vohalarga koʻchib tushganlar. Ular Buxoro xonligi hududida, Samarqand viloyati, Fargʻona vodiysida joylashgan, ayrim guruxlari esa Oʻratepa, Jizzax yaqinida va Toshkent vohasida yashaganlar. T. qabilalari Yaxsuv, Qizilsuv daryolari vodiylarida, Xonaqodaryo, Kofirnihon daryolarining yuqori qismida, Zarafshon togʻining gʻarbiy yon bagʻrilarida, ayrim guruxlari esa Buxoro vohasida Shohrud daryosi boʻylab joylashgan. Barloslar Qashqadaryo, Surxondaryo va qisman Zarafshon vodiysiga oʻrnashgan. Musobozorilar Xonaqodaryo, Qarshi vohasi va Qashqadaryoning yuqori qismlarida, kaltatoylar esa, asosan, Surxondaryoda yashashgan.