Jonsaid Turdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Turdiyev Jonsaiddan yoʻnaltirildi)
Jonsaid Turdiyev
Tavalludi 20-iyun 1954-yil
Vafoti 21-oktyabr 2023-yil(2023-10-21)
(69 yoshda)
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Kasbi Havdovchi
Faoliyat yillari 1970—2023
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Jonsaid Turdiyev (1954-yil 20-iyun, Toshkent viloyati, Boʻka tumani – 2023-yil 21-oktyabr) – ishlab chiqarish novatori, Oʻzbekiston Qahramoni (1998).

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 1970-yilda Olmaliq shahridagi 14avtobazada avtosozlovchi, haydovchi boʻlib ishlashdan boshlagan. 1973—75-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan[1]. 1975-yildan boshlab Olmaliq konmetallurgiya kombinatining „Qalmoqqir“ konida dastlab ekskavator mashinisti yordamchisi sifatida ishlaydi. 1982-yilda mashinistlik kursini tugatgach, 8 kubometr hajmli ekskavator mashinisti boʻlib ishlay boshladi. Mehnatsevarligi tufayli ish rejasini muntazam oshirib bajarishga erishdi. U texnikaenergetika resurslarni tejamkorlik bilan ishlatishda yuqori koʻrsatkichlarga erishdi, oʻz ekskavatori xizmat vaqtini 12 yildan 18 yilga uzaytirishga erishgan, koʻplab ekskavatorchi shogirdlar yetishtirgan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda Jonsaid Turdiyevga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni hamda Oltin Yulduz medali bilan mukofotlangan[2].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jonsaid Turdiyev 2023-yil 21-oktyabr kuni vafot etdi[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]