Tunlamlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tunlamlar, tungi kapalaklar (Noctuidae) — tangaqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. 25 mingga yaqin turi maʼlum. Kapalaklari oʻrtacha va mayda (3—5 sm), krramtir, oldingi qanotlarida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning ogʻiz apparati soʻruvchi, qurtlariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining koʻpchiligi yalangʻoch, gʻumbagi qizgʻishjigarrang yoki qoʻngʻir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi qoʻygan tuxumi sargʻimtiroqish. Qurtlarida 3 juft koʻkrak oyogʻining birinchi boʻgʻimida va 10 juft qorin oyogʻining 1—8 boʻgʻimida nafas olish teshigi joylashgan. T., asosan, kechasi uchadi. Oʻsimlik qoldiqlari yoki tuproqqa 300 tagacha tuxum qoʻyadi. Baʼzi T. qurtlari tuproqda yashab, oʻsimlik ildizlari yoki poyasining ildiz boʻgʻizlarini kemiradi (mas., koʻk qurt tunlami, undov tunlami). Ayrimlari oʻsimlik bargi, shonasi, guli, koʻsagiga zarar yetkazadi (mas., karadrina, koʻsak qurti, beda tunlami va b.).

Hammaxoʻr T.dan karam tunlami karam, lavlagi, noʻxat va b. ekinlarni; jan.da tarqalgan koʻsak qurti va karadrina gʻoʻza, makkajoʻxori, noʻxat, pomidor va b.ni; Uzoq Sharq va Oʻrta Osiyoning jan.ida tarqalgan oʻtzor tunlami, asosan, turli ekinlarni, markaziy rnlarda uchraydigan gamma tunlami zigʻir va lavlagini; kuzgi tunlam qand lavlagi va kuzgi gʻalla ekinlarini; janub yoki yovvoyi tunlamsabzavot va b. ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyoda uchraydigan mingdevona T.i, shuvoq T.i, janub poya T.i va b. ekinlarga koʻp zarar keltiradi.

Kurash choralari: begona oʻtlar yoʻqotiladi, yer chuqur haydaladi, oʻsimlik qator oralari yumshatiladi, almashlab ekish joriy etiladi, urugʻlar ekishdan avval dorilanadi, entomafaglardan foydalaniladi, qurtlarga qarshi ekinlar insektitsidlar bilan ishlanadi va h.k.

Adabiyot[tahrir]

  • Xoʻjayev Sh. T., Gʻoʻza tunlami va unga qarshi kurash, T., 1982; Adilov Z.K., Primeneniye trixogrammi dlya borbi s sovkami na xlopchatnike v usloviyax Uzbekistana, T., 1986.