Tulayha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tulayha (Talha ismining kichraytirilgan shakli) - Talha ibn Xuvaylid (7-642(645) - Muhammad (sav) vafotlaridan soʻng Arabistonda paydo boʻlgan soxta paygʻambarlardan biri. Tulayha Asad qabilasi lashkarboshilaridan boʻlib, musulmonlar bilan 626 va 627 yilardaga janglarda qatnashgan. Oʻtkir zehni va bashorat qilishi bilan shuhrat qozongan. 631-632 yillari sahroda nogahon quduq topib olgach, oʻzini paygʻambar deb eʻlon qilgan. U oʻziga Alloh nomidan farishta yoki Zu-n-Nun ismli shaxs vahiy keltirishini aytgan; arablarning kelajakdagi gʻalabalari, xususan ularning Suriya va Iroqni zabt etishlarini bashorat qilgan. Oʻz qoʻl ostiga Asad, Fazora va Tayy qabilalarining bir qismini toʻplab, Muhammad (sav) bilan muzokara olib borishga harakat qilgan. Baʻzi maʻlumotlarga koʻra, u Madinada islomni qabul qilgan, soʻngra undan voz kechgan. 632 yilda Muhammad (sav) vafotidan soʻng Tulayha qoʻshini Xolid ibn Valid qoʻmondonligi ostidaga qoʻshin tomonidan tor-mor qilingan. Tulayha qochgan, yashiringan, soʻngra islomni qabul qilgan va Suriya va Iroqni fath etilishida qatnashgan.

Allah-green.svg Ushu maqola Islom shaxslari haqidagi tugallanmagan maqoladir iltimos buni toʻldiring.