Tritonlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suvda hamda quruqlikda yashovchilarga 4000 dan ortiq tur kiradi. Ular dumsizlar( baqalar, qurbaqalar) va dumlilar ( tritonlar, salamanderlar) turkumiga ajratiladi.Dumlilar O’rta Osiyoda uchramaydi. Tritonlar (Triturus)— salamandrasimonlar oilasiga mansub dumli amfibiyalar urugʻi. 9 turi maʼlum. Tanasining uz. 18 sm cha. Yevropada Osiyoning Yevropa bilan chegaradosh joylari va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Asosan, oʻrmonlarda, odatda, toshlar, yiqilgan daraxtlar tagida va boshqa yerlarda qishlaydi, bahorda oqmaydigan yoki sekin oqadigan suv havzalariga oʻtib, tuxum qoʻyadi. Suvdagi mayda qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar, suv hasharotlari, baqa uvildirigʻi bilan, quruklikda esa oʻrgimchaklar, hasharotlar va boshqa bilan oziqlanadi. Oʻrta Osiyoda uchramaydi, ayrim turlari (mas., Tarokli T.) akvariumda boqiladi.