Toshkent shahridagi Inha universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshkent shahridagi Inha universiteti
(IUT)
Xalqaro nomi INHA University In Tashkent
Asos solingan 2014-yil
Oʻquv yurti turi universitet
Rektori Muzaffar Jalolov[1]
Talabalari 350+
Professorlar 20+ ta
Manzili Toshkent shahar, 100000, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi
Vebsayti IUT veb-sahifasi

Koordinatalari: 41°20′18.600000000012″N 69°20′4.5599999999808″E / 41.33850000000000335°N 69.334599999999994679°E / 41.33850000000000335; 69.334599999999994679 G O


Toshkent shahridagi INHA universiteti (inglizcha: INHA university in Tashkent) Toshkent shahrida joylashgan oʻquv dargohi hisoblanadi. Bu Universitetda darslar Ingiliz tilida olib boriladi va Axborot texnologiyalari borasida yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. Universitet Oʻzbekistonda nufuzi jihatidan yuqori o'rinda turadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahridagi INHA universiteti 2014-yil tashkil etigan bo'lib u Koreaning INHA universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Inha universiteti Koreaning Axborot texnologiya sohasida koʻzga koʻringan oʻqishlardan biri hisoblanadi. 2014 — yili Oʻzbekiston va Korea respublikalari oʻrtasida Toshkent shahrida Inha universiteti tashkil etilishi toʻgʻrisida kelishib olindi va shuning bilan 2014-yili Universitet tashkil etildi[3] .

Ma'lumotlar markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ma'lumotlar markazi bu universitetni barcha tarmoqlar bilan aloqani ta'minlovchi vositasidir va talabalar va xodimlar undan keng miqiyosda foydalanadilar, bu ma'lumaotlar markazi yuqori texnologiyalar bilan ta'minlangan zamonaviy kompyuterlar Microsoft office dasturlari jamlanmasi Internet brauserlari va E-mail ya'ni elektron pochta ham keng yo'lga qo'yilgan bular hammasi tizim bo'ylab tashkillashtirilgan. Juda qimmatli kitoblar, jurnallar va gazetalar ham Ma'lumotlar markazi tarkibiga kiradi. Ularning deyarli hammasi Ingiliz tilida yozilgan kitoblardir. Barcha talabalar ID kartalar bilan ta'minlangan va bu orqali ular chop etish va busha olish xizmatlaridan foydalana oladilar. Malumotlar markazi kameralar va maxsus sezuvchan sensorlar bilan jihozlangan. Bu markaz 1-qavatning 103-xonada joylashgan.[4]

Kompyuter laboratoriya xonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Inha universiteting binosida umimiy bo'lib 3 ta kompyuter laboratoriya xonalari mavjud, talabalar va xodimlar foydalanishi uchun eng zamonaviy yuqori tezlikda ishlaydigan kompyuter bilan jihozlangan, ularning soni 150 hisoblanadi. Kompyuterlarga talabalar uchun vizual studio 2013 va eclipce va boshqa dasturlar oʻrnatigan bo'lib ular c++ va Java tillarida mashgʻulotlar oʻtkazish uchun mo'jallangan, Ular yuqori tezlikdagi internet bilan ta'minlagan. Bu laboratoriya xonalari oʻquvchilar va hodimlar uchun oʻqish va ish maqsadlari uchun xizmat qiladi va ulardan foylanish ma'lum bir tizim boʻylab amalga oshadi [5].

Fizika laboratoriya xonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fizika laboratoriya xonalari talabalarni fizika darslarida olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llash uchun juda ham foydalidir, Oʻquvchilar turli fizika laboratoriya jihozlari orqali fizikada kerakli va zarur boʻlgan Nyutonning qonunlari elektr toki va boshqa mavzularda qiziqarli amalyot ishlari olib borishadi

Data markazi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu Data markazi Universitetning barcha ma'lumotlar markazidir u ma'lumotlar almashunuvuni talabalar va xodimlar oʻrtasidagi tizim vasifasini bajaradi.

Yoʻnalishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahridagi INHA universiteti ikki yonalishga ega

  1. Computer science Engineering(CSE) yani kompyuter dasturi injeneringi
  2. Information comunication engineering(ICE) ya'ni komputer injeneringi

CSE bu yo'nalish asosan dasturlash sohasiga asoslangandir, talabalar birinchi bosqichda C++ (objact oriented programming)bilan tanishadilar keyinchalik Java WEB progrmming bo'yicha ham taʼlim olishadi, yuqori malakali va jahon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun mo'jallangan.

ICE Bu yo'nalishni eng muhim taraflaridan biri bu jihozlar bilan ishlashdir ya'ni komputerning turli qattiq jixozlari masalan qattiq xotira va boshqa jihozlarni qanday ishlashi, qanday tayyorlanishi va boshqa xususiyatlarini talabalarga oʻrgatishni va shu sohada kadrlar tayyorlaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]