Toshhovli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Toshhovli
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Xorazm viloyati
Shahar Xiva
Madrasa turi Toshhovli
Binokorlik 1830-1838 yillar—???

Toshhovli (Olloqulixon saroyi) – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Olloqulixon qurdirgan (1830—38). Vazir Muhammad Yaʼqub mehtar loyihasi asosida qurilgan. [1] Xalq ustalari Nurmuhammad, usta Toji va usta Qalandar Xivaqiy tomonidan bunyod etilgan. Toshhovli, 111 ta xonadan tashkil topgan: Arz hovli (darvozasi gʻarbga), ishrat hovli (jan. ga), haram (darvozasi gʻarbga qaragan). Bu qismda 1987 yil "Hunarmandchilik" muzeyi tashkil topgan. Xorazm mahalliy turar joy meʼmorligiga xos uslubda, shahar tashqarisidagi qoʻrgʻon-hovli koʻrinishida boʻlganligi uchun Toshhovli deb nomlangan. Atrofi baland devor (qalinligi 1,2— 1,5 m) bilan oʻralgan. Devor tepasi kungurali, darvoza yonlari guldastali. Dastlab haram bunyod etilgan (1830—32). Tarhi 80×42 m, hovlisi 49×15 m, Toshhovlining janubiy qismida 5 ta alohid alohida ayvon (xon va uning 4 xotiniga moʻljallangan) bor, ulardan xonalarga dahlizlar orqali kiriladi. Qabulxona (ishrat hovli tarhi 43×36,5 m) haramning jan.sharqiy qismida qurilgan (1832—34). 3 yildan soʻng jan.gʻarbiy burchagida arz hovli (tarhi 35 × 40 m) qad rostlagan (1837—38). Har bir hovlida alohida xizmatchilar xonasi, xoʻjalik xonalari, otxona boʻlgan. Hovlilarda ayvonlar oʻziga xos uslubda joylashgan. Haramning janubida 2 qavatli bino oldiga baland qilib 1 ustunli ayvon ishlangan, arz hovli va ishrat hovlidagi binoning faqat 2vqavatida 1 ustunli, panjara toʻsiqli ayvon bor. Hovli markazidagi doira shaklli supaga chodir oʻrnatilib mehmonlar kutilgan. Toshhovlining tashqi tarzi bezaksiz, yaxlit devorli. Hovli atrofidagi ayvon va xonalar milliy meʼmorlik anʼanalari asosida pardozlangan. Toshhovli devordagi ustungoʻshalar oraligʻiga namoyonlar ishlanib, choksiz koʻk va oq koshin qoplab, girih parchinlardan naqsh hosil qilib terilgan. Ishrat hovli va arz hovli devorlari namoyonlarga ajratilib, koʻk, oq va havo rang koshindan gilam nusxa mujassamot yaratilgan. Ichki dekoratsiya bizga qadar ancha yomon holda yetib kelgan, ichli dekoratsiya fasad bezaklariga qaraganda ancha sodda qilib ishlangan. hovli ichki devorlarda ganch o'ymakorligi va turli koʻrinishga ega naqshlardan foydalanilgan. Yashash xonalarining devorlari gullaydigan mevali daraxtlar va butalar naqshlari bilan, qora, ko'k va qizil ranglardan foydalangan holda bezatilgan.Ayvon devorlaridagi girih va islimiy naqshlar orasidagi doira shakllar ichida arabiy yozuvlar uchraydi. Marmar poyustun va oʻymakori yogʻoch ustunlardagi doira shakllarda Ogahiyning Xiva xonlari tarixiga oid sheʼrlari, xon ayvonidagi sharqiy poyustunda 1832-yil va ishrat hovli katta ayvon poyustunida, arz hovli katta ayvon bezaklari orasida 1838-yil hamda usta Abdulla jin nomi saqlangan. Toshhovlidagi xonalar tomi toʻsinli, haram va ishrat hovli ayvonlari hovuzakli, xoʻjalik xonalari tomiga qamish bostirib loysuvoq qilingan, baʼzilari vassa shiftli. Xona ichki bezaklari ancha sipo, devor hoshiyalarida, shakldor taxmonlarda, shift osti sharafasi, muqarnas kosachalari ganchkori bezakda, mevali daraxt shoxi va gullar qora, koʻk va qizil tusda ifodalangan. Saroy o'zining umumiy dizaynida Xorazmdagi uy-joy qurilishi anʻanalaridan foydalangan: haram qishloq uyi kabi qurilgan, ishrat va arzhovli esa shahar uylari singari monumentallashtirilgan. Toshovli(haram qismi)da Xiva „Ichan qalʼa“ davlat tarixiy-meʼmoriy muzeyqoʻriqxonasining hunarmandchilik muzeyi ekspozitsiyasi joylashgan. Hozirgi kunga kelib Tosh hovli saroyida jami 591 ta eksponat mavjud boʻlib, shundan 539 tasi asosiy fond, 52 tasi yordamchi fond. Toshhovli Xorazmning tarixiy muzeyi sifatida foydalaniladi va shuning uchun bir necha bor qayta tiklangan. 1946—1947-yillarda Xiva restavratsiyasi davrida toshhovlining devor va tomlarni ta'mirlangan va haramning janubiy qismi tiklangan. 1950—1960-yillarda haramning g'arbiy qismidagi xonalardan biri ko'rgazmaga aylantirilgan. haram hovlisida uy uchun dumaloq sufa demontaj qilingan, saroyga zamonaviy kirish eshigi qurilgan. Saroyning barcha xonalarida loydan yasalgan to'sinli shiftlar qad koʻtargan. Haram va ishrat-hovlining asosiy xonalari yorugʻlik tushishi uchun maxsus moslashtirilgan. Asosiy xonalardan tashqari barcha xonalar ko'pincha tom shiftlar bilan birlashtirilgan: 17-18 sm diametrli ustunlar devorlarga 35-40 sm masofada joylashtirilgan. Qamish to'shaklari bilan tom qismiga bostirmalar qilingan bu hovlining tom qismidan suv oʻtishini oldini olgan. Saroyning devorlari va poydevori pishgan g‘ishtdan qurilgan. Gʻishtning hajmi 26 x 26 x 5 - 6 sm atrofida. Hovli ichki devorining qalinligi 1,2-1,5 m. Tashqi devor qalinligi esa 0,8-1,2 metrni tashkil qiladi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [www.khivamuseum.uz „The "Ichan Kala"“]. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  2. Маньковская Л., Булатова В. Памятники зодчества Хорезма., Ташкент, 1978.