Tor (cholgʻu asbobi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tor

Tor — noxun (mediator) bilan chertib chalinadigan musiqa asbobi. Eron, Kavkaz va Oʻrta Osiyoda keng tarqalgan. Torning kosasi 8 raqami shaklidadir. Rezonatori tut yogʻochidan oʻyib yasaladi va usti teri bilan qoplanadi. Torning zamonaviy turi 20-asrning 30-yillaridan boshlab Oʻzbekiston (Bola baxshi Abdullayev, keyinchalik Komiljon Otaniyozov va boshqalar), soʻng Tojikiston musiqa madaniyatiga xam singib ketdi.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Torning kosaxonasi 8 raqami shaklida boʻlib, asosan, tut yogochidan (baʼzida yongʻoq) oʻyib ishlanadi. Chanoqning ustki ochiq kismi teri bilan qoplanadi. Torning dastasi uzun boʻlib, 78-96 sm gacha yetadi. Asbobning hozirgi turlarida 11 ta sim tortilgan boʻlib, eng pastki (oʻrtada joylashgan) simdan tashqarilari juftlangan tarzda boʻladi va kvarta intervali oraligida sozlanadi. Torning 22 pardasi boʻladi. Ozarbayjon torida nim pardalar ham boʻladi. Asbob ikki oktava oraligʻidagi tovushqator hosil qila oladi.

Ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tor keng texnika imkoniyatlari, yorqin va jozibali tembr, kuchli dinamikasi bilan ajralib turadi. Eron, ozarbayjon, arman (dastgoh, muyum, kuy, ashula va boshqa) mumtoz musiqa namunalari ijrosida yakka tarkibida yetakchi cholgʻu sifatida keng qoʻllaniladi. Tor ijrochilaridan Sodiq Asad oʻgʻli, M. Mansurov, B. Mansurov, A. Bokixonov, K. Primov va boshqalar mashhur.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]