Geografik nomlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toponimlardan yoʻnaltirildi)

Geografik nomlar, toponimlarYer yuzasidagi geografik obyektlarning atoqli nomlari. Toponimlar orasida

  • hududlar nomi — xoronimlar (Osiyo, Movarounnahr, Orolbo'yi),
  • suv — gidronimlar (Orol dengizi, Amudaryo),
  • relyef — oronimlar (Zarkosa tog'i, Kamchiq dovoni),
  • aholi turar joylari — oykonimlar (Toshkent shahri, Samarqand shahri, Go'zalkent qishlog'i) va boshqa nomlar farq qilinadi.

Geografik nomlar vujudga kelgan vaqti, qaysi tilga mansubligi, mazmuni va tuzilishiga ko'ra bir-biridan farq qilgani holda juda barqarordir. Geografik nomlarda geografik sharoitlar, tarix, til, madaniyat, sivilizatsiya va boshqa omillar aks etgan bo'ladi. Geografik nomlarni toponimika tadqiq qiladi.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Hasanov H. H., Yer tili, T., 1977; Hasanov H. H.., Oʻrta Osiyo joy nomlari tarixidan, T., 1965; Qorayev S, Geografik nomlar maʼnosi, T., 1978.