Tom DeLonge

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tom DeLonge
Foto
Tom DeLonge Jimmy Kimmel Live! teleshousida (2009)
Tugʻilgan paytidagi ismi: Thomas Matthew Delonge Jr.
Tavalludi sanasi: 13-dekabr, 1975 (1975-12-13)
(38 yoshda)
Tavalludi joyi: Poway, California, AQSh
Fuqaroligi: Flag of Qoʻshma Shtatlar AQSh
Guruh(lar): Blink-182, Angels & Airwaves, Box Car Racer
Faoliyat yillari: 1992—bugun
Kasblari: Qoʻshiqchi, shoir, modelyer, musiqa produseri, film produseri
Janr: Pop punk, alternative rock, post-hardcore, space rock, neo-prog
www.modlife.com

Thomas Matthew "Tom" DeLonge, Jr. (talaffuzi: Tomas Metyu Tom Delong; 13-dekabr, 1975) amerikalik rock musiqachidir. Blink-182 pop punk va Angels & Airwaves alternative rock guruhlari gitarachisi va xonandasidir. Shuningdek Box Car Racer guruhida ham ijro etgan.

Kaliforniyaning Poway shahrida oʻsgan DeLonge punk rock musiqaga yoshligidan qiziqqan. Tom Poway maktabidan ichkilik ichgani uchun haydalib, Rancho Bernardo maktabiga oʻtgan. U yerda u Mark Hoppusning singlisi Anneni uchratadi. Anne Mark va Tomni bir-biriga tanishtiradi. Ularga Scott Raynor qoʻshilib, uchovlon xalqaro shuhratga erishgan Blink-182 guruhini tuzadilar. Scott oʻrnini keyinchalik Travis Barker egallaydi. 2005-yili guruh tarqalib, Tom Angels & Airwaves guruhiga oʻtadi. 2009-yili Blink-182 qayta tuzilishiga qaramay, Angels & Airwaves ijodini davom ettiradi.

DeLonge shuningdek musiqadan tashqari ishlar bilan ham shugʻullanadi; u Modlife nomli ijtimoiy tarmoq sayti hamda ikkita kiyim kompaniyasi yaratgan.

Havolalar[tahrir]