Obid Tolipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tolipov Obiddan yoʻnaltirildi)

Obid Tolipov (1918.7.11 Toshkent – 1994.15.12) – Oʻzbekiston xalq artisti (1978). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Lohutiy nomidagi oʻzbek davlat teatr texnikumini tugatgan (1937). 1937-yildan Yosh tomoshabinlar teatri aktyori. „Yetim va yetima“ (Gʻ. Zafariy) spektaklidagi Yetim roli Obid Tolipovning sahnadagi ilk obrazidir. „Oqarib koʻrinar yolgʻiz yelkan“dagi Petya, „Nasriddinning kechmishlarida“ oʻgʻri, „Tom togʻaning kulbasi“da Jon, „Oppogʻim“da Dik, „Uch mushketyor“da Lyudovik, „Oʻqituvchi“da Ramazon qori, „Allomaning yoshligi“da Kongirbek, „Oltin tulpor“da Qirol, „Kim aybdor“da Abdusamat kabi rollari bilan shuhrat qozondi. Obid Tolipov dramaturg sifatida I. Ahmedov bilan xamkorlikda „Sirli sandiq“, „Qimirlagan qir oshar“, „Zumrad va Qimmat“, „Toʻgʻri va Egri“ kabi ertak pyesalar yozib yosh tomoshabinlarga takdim etgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil