Tokio universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tokio universiteti - Yaponiyaning eng qadimiy va yirik oliy oʻquv yurti. 1877-yili Soxeyko (1790 yilda asos solingan, konfutsiychilikni oʻrganish markazi), Kayseygo (1855, gʻarb madaniyati), Igakuso (1863, gʻarb tibbiyoti) oʻquv yurtlarining birlashuvi natijasida Tokio milliy (imperator) unti sifatida tashkil etilgan. Huquq, iqtisodiyot, filologiya, muhandislik, texnologiya, pedagogika, tabiiy fanlar, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1877 yilda tashkil etilgan)da 4 milliondan ortiq asar bor. 20 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi.