Toʻxtasin Boboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻxtasin Boboyev
Tavalludi 23-yanvar 1923-yil
Fargʻona viloyati
Vafoti 15-yanvar 2000-yil
Ohangaron, Toshkent viloyati
Xizmatdagi yillari 1942 — 1945
Unvoni Serjant
Harbiy  qism 154 maxsus razvedkachilar qism
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

Toʻxtasin Boboyev (1923.23.1, Fargʻona viloyati Jonketmon qishlogʻi — 2000.15.1, Ohangaron shahar) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Belorussiya fronti, 61-armiyasining 81-oʻqchi diviziyasiga qarashli 154-maxsus razvedkachilar rotasida xizmat qilgan. 1943-yil Dnepr daryosidan kechib oʻtgan va qoʻshinlar yetib kelgunga qadar dushmanlar hujumini jasorat bilan qaytarib turgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944). Urushdan keyin Toshkent yuridik institutini bitirgan (1952). Kolxoz raisi, sovxoz direktori boʻlib ishlagan. 1962-yildan Ohangaron shahrida yashaydi.[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Kargapoltsev, Sergey. "Бабаев Тухтасин Бабаевич" (22 Fevral 2018) (Rus)