Tibbiyot genetikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tibbiyot genetikasiodam organizmidagi irsiy kasalliklar, ularning kelib chiqishi, klinikasini oʻrganadi[1]. Odam organizmida kechayotgan barcha hayotiy jarayonlar, belgilarning nasllanishi, irsiy kasalliklar tarqalishi va kelib chiqish mexanizmlari genetik qonuniyatlarga asoslangan[2]. Irsiyat toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalar Gippokrat, Aristotel, Anaksagor va Abu Ali ibn Sinolar tomonidan aytilgan. XIX asr boshlarida irsiyat qonuniyatlarini chex olimi I.G.Mendel kashf etdi[3].

1970-yillardan boshlab Oʻzbekistonda genetika fani rivojlana boshladi. Bu rivojlanishga akademiklardan X.Toʻraqulov, J.H.Hamidov, J.A.Musayev, professor A.T.Oqilovlar katta hissa qoʻshishdi. Olimlardan Majidov va Shomansurovlar asab kasalliklari patogenezida irsiy omillarning rolini oʻrgandilar. 1971-yilda Toshkent Davlat tibbiyot institutida Markaziy Osiyoda birinchi marta Hamidov va Oqilovlar rahbarligida tibbiy genetik maslatxona tashkil etildi.

Manbalar[tahrir]

  1. Cooper RS, "Genetic factors in ethnic disparities in health," in Anderson NB, Bulatao RA, Cohen B, eds., Critical perspectives on racial and ethnic differences in health in later life, (Washington DC: National Academy Press, 2004), 267–309.
  2. Obituaries and Memorials | ASHG. 2011-04-20.
  3. Kittles RA, Weiss KM, "Race, ancestry, and genes: implications for defining disease risk," Annu Rev Genomics Hum Genet (2003) 4: 33–67.