The Godfather (film)
| The Godfather | |
|---|---|
| Rejissor | Francis Ford Coppola |
| Produser | Albert Ruddy |
| Ssenariy muallifi | Mario Puzo (asar) Mario Puzo va Francis Ford Coppola (ssenariy) |
| Rollarda | Marlon Brando, Al Pacino, James Caan, Robert Duvall, Diane Keaton |
| Bastakor | Nino Rota Carmine Coppola |
| Kinematografiya | Gordon Willis |
| Muharrir | William H. Reynolds Peter Zinner Marc Laub Murray Solomon |
| Distributor | Paramount Pictures |
| Premyera sanasi | 1972-yil, 15-mart (AQSh) 1-noyabr (Avstraliya) |
| Davomiyligi | 175 daqiqa. |
| Mamlakat | |
| Til | Inglizcha, italiancha |
| Mablagʻ | $6,000,000 |
| All Movie Guide profili | |
| IMDb profili | |
"Choʻqintirgan Ota" (inglizcha The Godfather ) - Mario Puzoning shu nomdagi 1969-yildagi asari asosida Paramount Pictures tomonidan 1972-yilda namoyish etilgan film. Ssenariy mualliflari Mario Puzo va Francis Ford Coppola. Film bir vaqtning oʻzida 3 ta "Oskar" mukofoti (eng yaxshi film mukofoti, eng yaxshi ssenariy va eng yaxshi erkak roli uchun - Marlon Brando) va boshqa koʻplab mukofot va nominatsiyalarga sazovor boʻlgan. Ushbu film 1971-yilning oʻrtalarida toʻrt oy mobaynida Francis Ford Coppola tomonidan tasvirga olingan. Kinodagi voqealar 1945-1955-yillarda Amerikadagi kelib chiqishi Italialik boʻlgan Korleonelar jinoiy oilasi hayoti haqidadir.
Filmdagi asosiy rollarni Marlon Brando, Al Pacino, James Caan, Robert Duvall, hamda Diane Keaton ijro etishgan.
Rollarda [tahrir]
- Marlon Brando — Vito Korleone, mafia sardori, Korleonelar oilasi boshlig`i, "Don Korleone" rolida;
- Al Pacino - Maykl Korleone rolida;
- James Caan- Santino "Sonny" Korleone rolida;
- Robert Duvall - Tom Hagen rolida;
- Diane Keaton - Kei Adams rolida;
- John Cazale - Fredo Korleone rolida;
- Talia Shire - Konstanzia "Konnie" Korleone rolida;
- Richard Castellano - Piter "Pit" Klemenza rolida;
- Abe Vigoda - Salvator "Sal" Tessio rolida;
- Al Lettieri - Virgil "Turk" Sollozzo rolida;
- Gianni Russo - Karlo Rizzi;
- Sterling Hayden - Kapitan Makkluskey;
- Lenny Montana - Luka Brazi;
- Richard Conte - Emilio Barzini;
- Al Martino - Jonny Fontein;
- John Marley - Jekk Voltz;
- Alex Rocco - Moe Griin;
- Morgana King - Karmella Korleone;
- John Martino - Pauli Gatto;
- Victor Rendina - Filip Tattaglia;
- Simonetta Stefanelli - Apollonia Vitelli-Korleone;
- Louis Guss - Don Zaluchi;
- Tom Rosqui - Rokko Lampone;
- Richard Bright — Al Neri
- Julie Gregg — Sandra Korleone Sonnining rafiqasi rolida.