Termiz Arxeologik Muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Termiz arxeologiya muzeyida Termiz viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi. Viloyat Arxeologiya muzeyi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to`g`risida" gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi "Muzeylar faoliyatini qo`llab-quvvatlash masalalari to`g`risida" gi 98-sonli va 1999 yil 27 dekabrdagi "Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish to`g`risida" gi 545-sonli qarorlari asosida tashkil etildi.

Arxeologiya muzeyi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 oktyabrdagi 08-10-168 sonli majlis bayonnomasiga muvofiq Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o`tkazildi va Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 10-231 sonli buyrug`iga asosan vazirlik tizimiga kiritildi (endilikda Madaniyat va sport ishlari Vazirligi).

Arxeologiya muzeyining tematik-ekspozitsion rejasi 2001 yil 14 fevraldagi "O`zbekmuzey" jamg`armasining arxeolog olimlar ishtirokidagi kengaytirilgan majlisida tasdiqlanib, Madaniyat ishlari vazirligining muzey ishlari boshqarmasi tomonidan qayta tahrir o`tkazilib, Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etildi. O`zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 231-sonli Buyrug`iga asosan "Arxeologiya" muzeyining fondini yangi eksponatlar bilan boyitish ustida talay ishlar qilindi.

Arxeologiya muzeyining binosi "O`zqishloqloyiha" institutining ilmiy xodimlari tomonidan 100 ming eksponatlarni o`z zahiralarida saqlash imkoniyatiga ega bino sifatida loyihalashtirilgan.

Muzeyning kadrlar bo`limi uz faoliyatini 2001 yil boshlagan bo`lib, hozirgi kunda muzeyda 65 kishidan iborat shtatlar jadvaliga muvofiq 54 kishi ishlab kelmoqda. Muzey direktori - tarix fanlari nomzodi, dotsent, "Do'stlik" ordeni sohibi Ismoil Botirovich Temirov MUZEYNING ILMIY BO'LIMLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR. Arxеologiya muzеyining ilmiy yo`nalishi tanlangan. 2005 yilgacha uzoqqa mo`ljallangan kontsеptsiya ishlab chiqilgan. Mualluf Maqola nomi Nashr nomi, soni, qachon

I.Botirov

  • «Buyuk ipak yo`li». A.Tеmur muzеyi ilmiy to`plami. Toshkеnt FA nashriyoti, 2003.
  • Tеrmizda buddizm. Buddism in Termez. Pokiston, Laxor, Arxеologiya dеpartamеnti, 2003.
  • «Buyuk ipak yo`li». TеrDU ilmiy to`plami. Termiz, 2002.
  • T.Annaеv Основные этапы развития Байсуна. В сб. "Бойсун бахори" Ташкент, 2003.
  • Этнография и топонимы Байсуна. Там же.
  • Surxon vohasi jahon madaniyati chorrahasida. 2004.
  • Sopolli madaniyatining pеktografik bеlgi-yozuvlari Toshkent, 2003.
  • Sh.Shaydullaеv Jarqo`ton. 2002.
  • Unterchungen zur fruher Eisenzeit in Nordbaktrien. 2003.
  • Sh.Rahmonov "Железная ворота" 2003.
  • Z.Xoliqov, H.Dеdjimuratov Tеrmiz va Chag`aniyonning o`rta asrlardagi tarixiy gеografiyasi 2004.

Ilmiy xodimlar tomonidan yozilgan ilmiy yo`nalishdagi maqolalar jurnal va ro`znomalarda chop qilib borilmoqda. Jumladan, 2004 yil mobaynida I.Botirov tomonidan yozilgan «Qadimgi Tеrmizda budda ta'limoti» maqolasi "Surxon tongi" ro`znomasida, «Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari» maqolasi "Tеrmiz oqshomi" ro`znomasida, I.Botirov va ilmiy xodim J.Jumaqulovlar tomonidan «Kim valiy bo`la oladi?» maqolasi "Tеrmiz oqshomi" ro`znomasida, «Abulhasan Hujviriy (Julobiy)» maqolasi "Surxon tongi" ro`znomasida, "Xonliklar davri" bo`limi katta ilmiy xodimi Z.Xoliqov va ilmiy xodim H.Dеdjimuratovlar tomonidan «Tеrmiz va Chag`oniyonning o`rta asrlarda tarixiy gеografiyasi» maqolasi «Moziydan Sado» jurnalida, «Tеrmiz yirik hunarmanchilik shahri», «Arxеtikturada islom madaniyatining aks etishi» maqolasi Tеrmiz Davlat Univеrsitеti profеssor-o`qituvchilarning 2004 yil fеvral oyidagi ilmiy to`plamida, «Mustaqillikning 13 yilligi, ma'naviyat va ma'rifat», R.Boltaеva tomonidan yozilgan «Yaponiya oliy ta'lim tizimi», «JICA ko`magi bilan» maqolalari, ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan «Misgarlik san'ati» maqolasi "Surxon tongi" ro`znomasida chop etildi. Bundan tashqari, I.T.Botirov, T.Annaеv tomonidan 2002 yilda o`zbеk tilida «Sharq» nashriyotida chop qilingan «Surxondaryo viloyati Arxеologiya muzеyi» dеb nomlangan risola Germaniyaning Konrad Adеnaur fondining Toshkеntdagi vakolatxonasi homiyligida nеmis tilida chop qilindi.

Ilmiy xodimlarning tarixiy davrlar bo`yicha tayyorlagan buklеtlarning ba`zilarini ko`rsatib o`tamiz: Annaеv T. "Surxon vohasi jahon madaniyat chorrahasida". G`ulomov O., Xudoybеrdiеva N. "Surxon vohasi Tosh davri yodgorliklari" II qismli). "Surxon vohasida Bronza davri madaniyati" II qismli). Tеmirova D. "Ellinizm madaniyatining Arxеologiya muzеyi zallarida ko`rinishi", «Yunon Baqtriya podsholigi" Annaеv R "Shimoliy Toxariston dеvoriy suratlari", "Ilk o`rta asrlarda Bojxona inshootlari". Dеdjimurodov H. "Tеrmiz va Chag`oniyonning o`rta asrlarda tarixiy gеografiyasi", "Tеrmiz yirik xunarmanchilik shahri IX-XI asr", "Arxеtikturada islom madaniyatining ask etishi", "Mis kosadagi bitiklar", "Buxoro xonligi", "Xiva xonligi", "Qo`qon xonligi". Choriеv. M. Boltaеv F. "Mis shokasadagi bitiklar", "Qadimda pul muomalasi" Jumaqulov J. "Abulhasan Hujviriy va uning Kashf ul-Mahjub asari haqida", "Muzеy qanday joy, u qachon paydo bo`lgan?», Abu al-Hasan Hujviriyning "Kashf ul-Mahjub" asarining "Tasavvuf haqida", "Turli mamlakatlardagi oxirgi sufiylar", "Hakimiya tariqati", "Valiylik va karomat haqida" boblari bo`yicha bukletlar. O`zbеkiston-Chеxiya xalqaro ekspеditsiya boshlig`i sifatida "Tosh va bronza davri" bo`limi katta ilmiy xodimi Sh.Shaydullaеv Shеrobod tumanida joylashgan kushonlar davriga oid Jondavlattеpa yodgorligida qazishma ishlarini olib bordi (2004, sеntyabr-oktyabr). Natijada, yodgorlikning ark qismida "Saroy" o`rni ochildi. U kvadrat shaklda bo`lib, 29x29 m, hozirgacha saroyning mudofaa dеvorlari ochildi. Yodgorlikning shahriston qismida shahar darvozasi ochildi. U burjlar (mudofaa istеhkomlari) bilan mudofaa qilingan. Baqtriya arxеologiyasida antik davr uchun bu birinchi marta uchraydi, shu vaqtgacha antik davr shaharlari darvozasi o`rnatilmagan edi.

ILMIY-EKSPOZITSIYA VA KO`RGAZMA ISHLARI[tahrir]

Arxеologiya muzеyi tasdiqlangan kontsеptsiya va tеmatik ekspozitsion rеjasiga ega. Arxеologiya muzеyining kontsеptsiyasi va tеmatik ekspozitsion rеjasi 2002 yil fеvral oyida ishlab chiqilgan bo`lib, Rеspublika еtakchi arxеolog olimlar ishtirokida «O`zbеkmuzеy» jamg`armasi ilmiy kеngashida tasdiqlangan. Muzеy ekspozitsiya ana shu kontsеptsiya va ekspozitsion rеja asosida tashkil etilgan. Muzеy zallari bo`ylab ekskursiya o`tkazish uchun 3 tilda tayyorlangan ekskursovodlar matni muzеy ilmiy kеngashi, TеrDU tarix fakultеti ilmiy mеtodik kеngashi tomonidan 2003 yil 10 iyunda, viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi tomonidan 2003 yil 19 iyulda tasdiqlanib, hozirgi kunda ekskursiya o`tkazishda foydalanib kеlinmoqda.

FOND BO`LIMI[tahrir]

2003 yil Arxеologiya muzеyi fondidagi eksponatlarning umumiy soni 27346 ta edi. 2004 yil davomida esa Arxеologiya muzеyi fondidagi eksponatlarning umumiy soni 27457 taga еtdi. Shundan 19 824 tasi numizmatika fondiga tеgishli tangalar bo`lib hisoblanadi. Hozirgi kunga kеlib, muzeyda jami bo`lib, 8.500 ga yaqin arxеologik ashyoviy topilmalar, 19 824 dona numizmatika fondiga oid turli davrlarga xos tangalar mavjud. Arxеologiya muzеyi o`zining 3 yillik faoliyati davomida muzеy fondini to`ldirish bo`yicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi. 2004 yil davomida muzеyning ilmiy xodimlari Sh. Shaydullaеv, Sh. Raxmonov, T. Annaеv, Z. Xoliqovlar, shuningdеk, R. Boltaеva, B. Toshpo`latov, B. Xamrayеvlar Jarqo`ton, Chingiztеpa, Fayoztеpalarda o`tkazilgan arxеologik ekspеditsiyalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordilar. Kampirtеpa yodgorliklarida o`tkazilgan qazishmalar natijasida Arxеologiya muzеyi fondi bir qancha topilmalar bilan boyitildi. Tеrmiz shahridagi «Shoymardon ota» qabristonidan topilgan eksponatlar ham shuningdеk, Shеrobod tumanining Jarqo`ton yodgorligidan topilgan 42 dona eksponat muzеy fondiga kеltirildi.

QO`LYOZMALAR BILAN ISHLASH SEKTORI[tahrir]

Ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan Abulhasan Hujviriyning "Kashf-ul mahjub" asaridagi shayx Sulton Ahmad Xizravеyh, Shaqiqi Balxiy hamda Abuabdulrahmon Hotam binniy Unvon al-Isim Balxiylarning xayot va faoliyati haqidagi bayonlarni forschadan o`zbеk tiliga o`girilgan. Shu bilan birga «Misgarlik san'ati» maqolasi «Surxon Tongi» ro`znomasida, "Al-Hakim at-Tеrmiziyning so`fiylik tariqatida valiylik va karomat tushunchalari" (Kashf-ul Mahjub asari asosida) maqolasi TеrDU ilmiy to`plamida nashr etilgan. Bundan tashqarii, viloyat radiosida "Istiqlol onlari" mavzuidagi eshittirishda muzеy va uning faoliyati haqida o`zbеk va tojik tillarida ma'lumotlar bеrildi. Shuningdеk,muzеy ilmiy arxivida saqlanayotgan toshbosma va qo`lyozma kitoblar ustida bir qator ishlar olib borilmoqda. Abu al-Hasan Hujviriyning "Kashf ul-Mahjub" asarining "Tasavvuf haqida", "Turli mamlakatlardagi oxirgi sufiylar", "Shayx Sulton Ahmad Xizravеyhning hayot va faoliyati", "Hakimiya tariqati", "Valiylik va karomat haqida", "Ibrohim Adham", "Ahmad binni Xizraviy", "Shaqiqi Balxiy", "Abuabdulrahmon Hotam binni Unvon al-Isim Balxiy" mavzularidagi boblari fors tilidan o`zbеk tiliga tarjima qilindi. Termiz

1999 yil noyabr oyida YUNESCO Bosh konferensiyasining Parijda bo`lgan 30-majlisida Markaziy Osiyoning qadim shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qilindi. Mazkur qaror munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida "Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda o`tkazish va unga tayyorgarlik ko`rish to`g`risida" maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu qarorlar asosida 2002 yil 2 aprelda o`zining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz shahri ko`plab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va o`zbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol o`ynagan. "Buyuk Ipak Yo`li"ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qo`shgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan bog`liq bo`lgan memorchilik an`analarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan. Termizning geografik jihatdan qulay joylashishi, iqlimi va strategik mavqei ko`plab davlatlar va hukmdorlarning diqqat-e`tiborini o`ziga tortar edi. Shuning uchun u Eron va grek, arab va mo`g`ul bosqinchilarining hujumlariga duchor bo`ldi, Movarounnahr ichki qon to;kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz istilochilarning olovli janglarida yonib ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab paydo bo`lardi, o`sib shon-shuhrat va qudratga ega bo`lardi. U yana halok bo`lardi, yonardi, kulga aylanardi va yana o`zini tiklab ulg`ayardi. Shu sababli Termizning har safar qaytadan tiklanishi qadimgi o`rnida yuz bermagan. Ko`hna Termiz yoki Kushon Termizi amudaryo bo`yida rivoj topgan bo`lsa, Chingizxon bosqinidan song u sharqroqda Surxondaryo bo`yida qad ko`tarib gullab-yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi o`zaro urushlar tufayli vayronaga aylangan Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda Pattakesar qishlog`i zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi. Ko`hna Termiz obidalari o`zining takrorlanmasligi bilan hamisha qadimgi davr mualliflari, ilk o`rta asr Xitoy sayyohlari va musulmon davri tarixchilarining diqqat-markazida bo`lib keldi. Termiz haqidagi qimmatli yozma ma`lumotlar VII asrda Xitoy sayyohi, buddizm monaxi Syuan Tzyan yozmalarida; IX-X asrlar arab muarrixlari Ibn Xo`rdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istahriy asarlarida; grek, arman, xitoy, fors, arab manbalarida; qadimiy "Shohnoma" dostonida, ulug` alloma Abu Rayhon Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta, Ispaniya elchisi Ryui Gonsales de Klavixo, venger sharqshunosi Herman Vamberilar asralarida, o`rta asr mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Bobur, Hofiz Abru, Anvariy, Hofizi Tanish Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida berilgan. Termiz tarixini o`rganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan yanada kuchaydi. Arxeolog olimlardan V. V. Bartold, D. N. Logofet, N. A. Mayev, V. V. Krestovskiy, I. V. Mushketov, A. A. Semenov, M. E. Masson, V. A. Shishkin, T. V. Grek, B. N. Kostalskiy, B. B. Piotrovskiy, V. A. Vyatkin, D. D. Bukinich, B. N. Zasipkin, L. A. Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, Ya. G`ulomov, A. A. Asqarov va boshqalar Termizni shaxsan o`rgandilar va ilmiy xulosalari bilan shahar tarixini boyitdilar. Ko`hna Termiz tarixini o`rganishda 1926-1927 yillarda professor Denike boshliq Moskvaning Sharq xalqlari madaniyati muzeyi ekspeditsiyasi, 1936-1939 yillarda professor M. E. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, 1961 yili B. Ya. Staviskiy boshchiligidagi Sharq xalqlari muzeyi va Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi, 1959 yildan professor G. A. Pugachenkova boshliq O`zbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti ekspeditsiyasi, 1972 yildan professor V. M. Masson boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Baqtriya ekspeditsiyasi, 1980 yildan akademik A. A. Askarov boschiligidagi kompleks ekspeditsiyasi, 1993 yildan professor T. Shirinov boshchiligidagi O`zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Pyer Lerish boshchiligidagi Fransiya Ilmiy tadqiqotlar Instituti Milliy Markazi va Kyudzo Kato boshchiligidagi Yaponiyaning Buyuk Ipak Yo`li Akademiyasi bilan hamkorlikda olib borayotgan ekspeditsiyalari katta ahamiyatga ega bo`ldi. Natijada, miloddan avvalgi I ming yillik ortalaridan tortib, XVII asrga qadar Termiz shahri xalqlarining moddiy va ma`naviy madaniyatini yorituvchi ko`plab arxeologik dalillar qo`lga kiritildi. Mazkur ekspeditsiyalar tarkibida Termiz Davlat Universitetining arxeolog olimlari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Rivoyatlarga ko`ra, Termizni miloddan avvalgi VII asrda Baqtriyaning birinchi podshosi Zaroastr bunyod etgan. Miloddan avvalgi VI asrda bu yerlarni bosib olgan Eron Ahamoniylari Termizni juda ko`hna shahar deb ta`riflashgan. Shahar Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qadar Ahamoniylar davlatiga bo`ysungan. Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan biri Taramasta - Taramata (baqtrcha - daryo qirg`og`i) bo`lgan. MIloddan avvalgi 327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni o`z nomi bilan Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronligi tugaganidan keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi Demetriy shaharga Demetris nomini beradi. Miloddan avvalga I asrda Grek-Baqtria davlatining kushonlar tomonidan tor-mor qilinishi munosabati bilan Termiz, yozma manbalarning guvohlik berishicha, Ta-limmi shahri deb Xitoy manbalarida esa, Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi. Termiz asosan kushonlar davrida (mil. avv. I - mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu davrda Termiz Hindiston bilan g`arb, shimol, sharq mamlakatlari bilan bo`g`laydigan savdo yo`llaridagi yirik shaharga aylanadi. Termizda ko`plab budda ibodatxonalari va mo`la-maqbaralar quriladi. V-VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh eftaliylar hukmronligi, gohida eron sosoniylari hukmronligi ostida bo`ldi. VII asrdab boshlab Termizni termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab istilochilari zabt etdilar. IX -XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida ma`muriy, savdo, hunarmandchilik va ilm-ma`rifat markaziga aylandi. Bu davrda shaharni o`rab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9 ta darvozasi bo`lgan. Shu davrda Termizda dunyoga mashhur bo`lgan shoirlar, allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar yetishib chiqdi. IX-XII asrlarda Termiz G`aznaviylar, Saljuqiylar va Qoraxoniylar davlarlari tasarrufida bo`ldi. 1206 yili Xorazmshoh Muhammad davlati ixtiyoriga o`tdi. 1220 yili Chingizxon qo`shinlari tomonidan 11 kunlik qamaldan song vayron qilindi. XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Termiz eski o`rnida emas, sharqroqda Sulton Saodat maqbarasi tevaragida yana rivojlandi. Temuriylar davlati tarkibiga o`tgandan keyin u gullab-yashnaydi va Shahri g`ulgula nomini oldi. Termiz Shayboniylar davlati tasarrufiga o`tgandan keyin ham rivojlanishda davom etdi. Kohna Termiz qal`asini qayta tiklash ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va xonaqohlar qurildi. Ilm-ma`rifat rivoj topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida olib borilgan o`zaro janglar, taxt talashishlar tufayli Termiz butunlay vayron bo`ldi. Faqat Salovat va Pattakesar qishloqlarigina saqlanib qoldi. Masjidlar, minoralar va saroylar quladi. XVII asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo bo`yidagi Ko`hna Termizdan janubda Pattakesar qishlog`i paydo bo`ldi. Qishloqning kengayib borishi hisobiga oradan bir asr o`tgandan keyin hozirgi Termiz shahri qad ko`tardi. Yangi Termizning vujudga kelishi Rossiya-Angliya munosabatlarining keskinlashgan davriga to`g`ri keldi-ki, Rossiya bu joylarda o`z ta`sirini kuchaytirish maqsadida O`rta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlab yuborgan edi. 1873 yilning 28 sentyabridagi shartnoma Buxoroni Rossiyaga qaram davlatga aylantirgan bo`lsa, 1888 yil 23 iyundagi qo`shimcha shartnoma ruslarning Termizga kelishi va bu yerda istehkomlar qurish masalasini hal qilgan edi. 1893 yilning 15 yanvarida Termiz Buxoro amiri tomonidan Rossiya hukumatiga berilgan edi. Yangi Termizda Rossiya manfaatini himoya qilish maqsadida qurilishlar boshlandi, ko`plab harbiy qismlar keltirildi. Tuproqqo`rg`on va mustahkam istehkom qurildi. Termir yo`l qurilishi, telegraf, aloga, elektr tarmoqlarining tortilishi Termizning rivojlanishi va Amudaryo bo`yidagi harbiy-strategik ahamiyatga ega bo`lgan shaharga aylanishiga olib keldi. 1917 yilgi davlat to`ntarishidan keyingi Sovet imperiyasi davrida ham Termiz o`zining harbiy-strategik ahamiyatini yo`qotmadi. Bu davrda Termizda katta-katta inshootlar qurildi. Ma`muriy binolar qad ko`tardi. Ilm-fan rivojlandi, madaniyat va san`at ravnaq topdi. Mustaqillik yillarida Termiz chiroyini yanada ochdi, shahar ko`chalari boshqadan qurilib, ravon va keng ko`chalarga aylantirildi, istirohat bog`lari, sharqona usuldagi muhtasham va obod bozorlar, zamonaviy ma`muriy binolar, o`yingohlar, teatr va kinoteatrlar, ilm-fan maskanlari barpo etildi, borlari ta`mirlandi. Qisqasi, shaharning qiyofasi tanib bo`lmas darajada o`zgardiki, bu o`z navbatida har bir termizlik qalbida quvonch va faxrlanish hissini uyg`otmoqda. Surxondaryo Surxondaryo viloyati - O`zbekiston Respublikasining eng janubida joylashgan fusunkor o`lka. Viloyat sifatida 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo okrugi). Janubdan Amudaryo bo`ylab Afg`oniston, shimol va sharqdan Tojikiston Respublikasi bilan, janubi-sharqdan Turkmaniston bilan chegaradosh; shimoli-g`arbdan Qashqadaryo viloyati bilan tutashgan. Viloyatning ma`muriy, iqtisodiy bva madaniy markazi - Termiz shahri. O`zbekiston Resbublikasining mustaqil chegara qo`shinlari mamlakatning Surxondaryo bo`ylab o`tgan janubiy sarhadlarini mustahkam qo`riqlab kelmoqdalar. Surxondaryo viloyatining umumiy yer maydoni 20,1 ming kvadrat kilometr. Aholisi 1 mln 535,8 ming kishi (bu 1996 yildagi ma`lumot; so`nngi yillardagi batafsil statistik ma`lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin). Aksari qismi o`zbeklar (79,9%). Qisman tojiklar (13,3%), ruslar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi. Surxondaryoning relyefi shimoldan janubga qiyalanib va kengayib boradigan tekislikdan iborat. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib o`tadigan bu tekislik qariyb 200 kilometrga cho`zilib, shimol, g`arb va sharqdan baland Hisor tizmasi va uning tarmoqlari - Boysuntog`, Ko`hitangtog`, Bobotog` bilan o`ralgan. Tog`lar bilan tekislik orasida adirlar joylashgan. Hisor tog` tizmasining ayrim cho`qqilari 4500 metr va undan ham balandroq. Tizmaning qirra va cho`qqilari qishin-yozin qor bilan qoplanib yotadi. Boysun va Bobotog` yonbag`irlari mehnatkashlarning sevimli dam olish maskanlaridir. Bu joylardagi go`zal manzaralar ijodkorlarni doimo o`ziga chorlab keladi. Ularning, jumladan, mashhur rassom, rahmatli Ro`zi Choriyevning ko`p asarlariga bu manzaralar mavzu bo`lgan. Asosiy daryosi -Qorovultepa qishlog`idan bir oz yuqoriroqda Hisor tog`laridan oqib tushadigan To`palangdaryo bilan Qoradaryoning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Umumiy uzunligi 175 kilometr, havzasining maydoni 13,5 kvadrat kilometr. Surxondaryo Boysun va Bobotog` tizmalari oralig`idan janubi-g`arb tomon oqib borib, Termiz shahri yonida Amudaryoga qo`shiladi. Uning bir nechta irmoqlari bor. Bulardan asosiysi Sangardak va Xo`jayalpoq daryolaridir. Sheroboddaryo Boysuntog` tizmalari Irg`ayli va Qizilsoy daryolari qo;`shilishidan hosil bo`ladi. Kallamozor qishlog`iga qadar Machaydaryo, u yerdan Sherobod shahrigacha Sheroboddaryo, Sherobod shahridan quyilish joyi - Amudaryoga qadar Qorasuvdaryo deb ataladi. Umumiy uzunligi 186 km. Havzasining maydoni qariyb 3 ming km. Daryo oqimi suv omborlari bilan tartibga solinadi. Bulardan eng yiriklari - Janubiy Surxon va Uchqizil suv omborlaridir. Surxondaryo tekislik qismining iqlimi qishining, zoyining issiq va uzoqligi bilan farq qiladi. Termizda bahorning boshlanishi fevralning dastlabki o`n kunligiga, yozning boshlanishi (harorat 20 darajadan oshishi) mayning uchinchi o`n kunligiga to`g`ri keladi. Kuz (o`rtacha kecha-kunduz harorati 20 darajadan kamayishi) sentyabrning birinchi o`n kunligidan boshlanadi. Qish mavsumi o`rtacha kecha-kunduz harorati 5 darajadan pasayishi bilan - dekabrning ikkinchi o`n kunligidan boshlanadi. Surxondaryo viloyatining janubi-sharqiy qismida yozda bir necha kun chang-to`zonli issiq va quruq "afg`on shamoli" esadi va einlarga katta zarar yetkazadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Yozda haroratning yuqoriligi, iliq-issiq kunlarning uzoq davom etishi viloyatda issiqsevar subtropik o`simliklar - ingichka tolali paxta, xurmo va hatto shakarqamish, apelsin, mandarin yetishtirishga imkon beradi. Janubdagi qishloq joylarda - oq saksovul, cherkas, tarakabosh, yaltirbosh, yantoq; daryo bo`ylarida - yulg`un, jiyda, terak, qiyoq, qamish; tog`larda - efemer boshoqli o`simliklar, baland tog`larda - subalp betaga, daraxt va butalardan archa, yovvoyi mevalidaraxtlar o`sadi. Bobotog`da pistazorlar, Amudaryo vodiysida to`qayzorlar bor. Tog`larda jayron, tog` echkisi, to`ng`iz, silovsin, bo`ri, shoqol, qo`ng`ir ayiq, jayra; qushlardan qirg`ovul, kaklik, to`rg`ay uchraydi. Viloyatda neft va gaz qazib chiqariladi (Xovdog`, Kakaydi, Lalmikorda). O`zbekistondagi uchta yirik ko`mir konining ikkitasi Surxondaryodadir. Bular Sharg`un va Boysun ko`mir konlari bo`lib, yura qatlamida joylashgan. Polimetall (sangardak), osh tuzi (Xojaikon) konlari bor. Gips, granit, argilit kabi qurilish materiallari konlari ham mavjud. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Viloyatning yirik sanoat korxonalari: "Jarqo`rg`onneft" boshqarmasi, Denov yog`-ekstrakt zavodi, Boysun eksperimental shoyi to`qish fabrikasi, Sariosiyo tosh saralash zavodi, Sho`rchi un kombinati, Jarqo`rg`on yigiruv-to`quv fabrikasi, Termiz tikuvchilik fabrikasi, Sharg`un ko`mir sanoati korxonalari, Sherobod keramika badiiy buyumlar zavodi va b. Viloyatda bir necha qo`shma korxona, kichik korxonalar ishlab turibdi. Jumladan, Afg`oniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq iste`moli mollari ishlab chiqaradigan "Namaf" va "Afruz" qo`shma korxonalari faoliyat ko`rsatmoqda. Hindiston - Termiz "Farmed" qo`shma korxonasi mahalliy giyohlar asosida dori-darmon ishlab chiqarsa, Po`lat Alpomishev boshliq Turkiya - Termiz "Po`lat" qo`shma korxonasida o`ziga xos gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Bugungi kunda viloyat tumanlarida qishloq xo`jalik mahsulotini qayta ishlaydigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etishga ahamiyat berilmoqda. Qishloq xo`jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bog`dorchilik, limonchilik, pillachilik va b. Tog` etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan bug`doy va arpa yetishtiriladi) bilan sgug`ullaniladi. Paxta - viloyatning 14 tumanidan 13 tasida asosiy ekin turlaridan biri hisoblanadi. O`zbekistonda eng ko`p ingizchka tolali paxta Surxondaryoda tayyorlanadi. Viloyatning tog`oldi tumanlarida bog`dorchilik va uzumchilikrivojlangan. Xo`jaliklarida qoramol, qo`y (qorako`l va hisor zotli dumbali qo`ylar), echki, yilqi, parranda, quyon boqiladi. Jahon mo`yna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan "Surxon suri" qorako`l terisi Surxondaryo viloyatida yetishtiriladi.

   Aholiga savdo va maishiy xizmat ko`rsatish bozor iqtisodiyoti talablari asosida keng rivojlanib bormoqda. Bu tarmoq korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, asosan xususiylashtirilib bo`lindi. Savdo tashkilotlari o`z kuchlari bilan xalq iste`moli mollari ishlab chiqarib, aholini ta`minlashga e`tibor bermoqda. 

Viloyat hududidan Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan bo`g`laydigan temiryo`l tarmog`i (jumladan, Moskva - Dushanbe, Ashgabat - Dushanbe) o`tgan. 1995 yilda G`uzor - Boysun - Qumqo`rg`on temir yo`li qurilishi boshlab yuborildi. Viloyatning asosiy avtomobil yo`li - Katta O`zbekiston trakti. Amudaryo ustidan Xayraton temiryo`l qurilgan . Viloyatda tarmoq transporti ham rivojlangan. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi xalq xo`jalik mollarini qo`shni Afg`onistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatida respublikada yagona Termiz daryo porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda zamonaviy aeroport bor. Surxondaryo viloyatida 14 tuman bor: Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqo`rg`on, Muzrabod, Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shorchi, Qiziriq, Qumqo`rg`on. Shaharlar: Boysun, Denov, Jarqo`rg`on, Termiz, Sharg`un, Sherobod, Shorchi, Qumqo`rg`on. Shaharchalar: Angor, Dostlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Xayrobod, Hurriyat. Shaharlardan ikkitasi - Termiz va Denov tuman markazlari hisoblansa-da, to`g`ridan-to`g`ri viloyatga bo`ysunadi; qolgan shahar va shaharchalar tuman markazlaridir. 1- zal.

SURXON VOHASI TOSH DAVRIDA[tahrir]

(miloddan avvalgi 100- 3 ming yilliklar) Surxondaryo viloyatining mo``tadil iqlimi va atrof-muhiti bu yerda juda qadimdan inson manzilgoh-larining paydo bo`lishiga sabab bo`lgan. Janubiy Hisor tog` tizmasi turkumiga kirgan Boysuntog` va Ko`hitang tog`larida mavjud g`or va o`ngirlar ibtidoiy davr odamlari uchun makon bo`lib xizmat qilgan. Viloyat hududidagi eng qadimgi makon bu neandertal odamning manzilgohi bo`lib, Boysuntog`dagi Teshiktosh g`ori hisoblanadi. O`rta tosh ( mustye) davriga, ya`ni miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarga oid bu g`ordan 3000 dona ibtidoiy odamlar yasagan keskich, taroshlagich va chopqi kabi tosh o`zaklar topilgan. Teshiktosh g`oridan ibtidoiy davr odamining tashqi ko`rinishini tiklashda muhim ashyoviy manba hisoblangan odam tana suyagi topilishi juda muhimdir. Boysundagi Amir Temur g`ori ham viloyatning eng qadimgi g`or makonlari turkumiga kiradi. Tosh asrining yuqori bosqichiga kelib ( milloddan avvalgi 40-12 ming yilliklar), Janubiy Hisor tog` tizmalaridan boshlangan daryo va soy bo`ylari ( To`palang daryosi havzasi ) insonlar tomonidan jadal o`zlashtirilgan.

Mezolit davri[tahrir]

(O`rta tosh asri, milloddan avvalgi 12-5 ming yilliklar) ga kelib insonlar nafaqat g`orlarda, balki pasttekisliklarda va daryo bo`ylarida ham makon qurib istiqomat qila boshlaganlar. Shu bois, viloyatning Ko`hna Termiz, Ayritom kabi yodgorliklarida ko`plab tosh qurollar uchragan. Bu davrga kelib, o`q-joy ixtiro qilingan, suyakdan bigiz va shu kabi boshqa qurollar yasalgan, mayda tosh (mikrolit ) qurollar ko`paygan va yovvoyi hayvonlar xonakilashtirila boshlangan. O`rta tosh davri insonlar tasavvurlari va e`tiqotlarida keskin o`zgarish yuz bergan davr hisoblanadi. Bu jarayonni Markaziy Osiyoning eng qadimgi rang tasivlaridan bo`lmish Ko`hitangdagi Zarautsoy suratlarida kuzatish mumkin. Zarautsoydagi tosh ayvon yuza qismida va shipida 200 ga yaqin qizil bo`yoqlarda bitilgan suratlar saqlanib qolgan. Bu lavhalarda ov marosimi, hayvonot olami va o`rta tosh davri odamlari tasvirlari o`z aksini topgan. Ba`zi bir olimlarning ta`kidlashicha, Zarautsoy suratlarida sehrli ov marosimi jarayoni aks etirilgan. Zarautsoy suratlari Markaziy Osiyoda san`atning, shu jumladan, tasviriy san`atning ilk namunasi hisoblanadi. Viloyatda neolit (yangi tosh), eneolit (mis - tosh) davrlari manzilgohlari Ko`hitang va Bobotog` hududlarida qayd etilgan bo`lib, bu makon va manzilgohlar ham jez (bronza) asrida vohada dehqonchilik madaniyatining vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etgan.

2-zal. SURXON VOHASI BRONZA DAVRIDA[tahrir]

(miloddan avvalgi III-I ming yillik boshlari) Miloddan avvalgi III-I ming yilliklarni qamrab olgan bronza (jez) asri Markaziy Osiyoda tub o`zgarishlar yuz bergan davr hisoblanadi. Bu avvalambor qalay, mis va qo`rg`oshin qorishmasidan tarkib topgan jez (bronza) qurollarining ixtiro qilinishi bilan bog`liq bo`lgan. Bronzaning kashf etilishi tufayli mehnat va ov qurollari takomillashgan, kulolchilik charxining ixtiro qilinishi hunarmanchilikning dehqonchilikdan alohida xo`jalik sifatida ajralib chiqishiga olib kelgan. Jez davriga kelib me`morchilik rivojlangan sug`orma dehqonchilikka asos solingan va mintaqalararo mol ayirboshlash yuzga kela boshlagan. Surxon vohasida jez asri uning so`nggi bosqichida, ya`ni miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi choragida boshlanib, miloddan avvalgi I ming yillik boshlarigacha davom etgan. Viloyat hududida so`ngi jez davriga oid eng daslabki o`rganilgan yodgorlik Muzrabod vohasidagi Ulanbuloqsoy etagida joylashgan Sopollitepa yodgorligi hisoblanadi. Shu bois Surxon vohasining so`nngi jez asriga mansub madaniyat "Sopolli madaniyati" deb nomlangan. Sopollitepa qal`a va uning tutash qismidan tarkib topgan, tarxi 82x82 m, ichki yo`lakli uch qator mudofaa devorlari bilan o`rab olingan. Qal`ada aholi jamoa-jamoa bo`lib yashab, ular 8 mahalladan tashkil topgan. Miloddan avvalgi XV asrda Sopollida hayot izlari so`nadi va bu joyda istiqomat etgan aholi Sheroboddaryo havzasiga, uning qadimiy irmoqlaridan biri - Bo`stonsoy irmoqlariga ko`chadi. Bu obida Jarqo`ton nomi ostida ma`lum bo`lib, 100 gektardan ortiq maydonni tashkil etadi. Jarqo`ton yodgorligi alohida muhofazalangan qal`a-saroy va unga tutash qismdan, shu jumladan, voha uchun diniy markaz vazifasini o`tagan ibodatxona, alohida-alohida tepaliklar shaklidagi turar joy binolaridan iborat mahallalar, kulollar ustaxonalari va xumdonlar, shuningdek, mozor-qabristondan iborat. Jarqo`ton yodgorligining umumiy maydoni, unda mahobatli inshootlarning mavjudligi, hunarmandchilikning taraqqiy etgani bu joyda shahar turkumidagi madaniyat mavjud bo`lganligini ko`rsatadi. Jarqo`ton yodgorligi Vatanimiz hududidagi eng qadimiy shaharning ilk timsolidir. Jarqo`ton olov ibodatxonasi bu turdagi inshootlaning eng qadimiysi bo`lib, keyinchalik Ko`hna Sharqning ba`zi bir markazlarida keng tarqalgan olov ibodatxonalarining shakllanishiga asos bo`lib xizmat qilgan. Miloddan avvalgi XV-X asrlar oralig`ida viloyatning ba`zi bir hududlarida, shu jumladan, Mirshodi vohasida, Surxondaryoning o`rta va yuqori havzalarida jez davrining yangi qishloq va qal`alari vujudga kelgan. Sopolli madaniyati sohiblari Vatanimiz hududida dastlabki sug`orma dehqonchilikka asos solgan qabilalar hisoblanadi. Sopollitepa, Jarqo`ton, Molali kabi obidalarni qazish jarayonida topilgan don qoldiqlari, toshdan yasalgan mehnat qurollari, ipakdan to`qilgan mato va hokazo ashyoviy manbalar buning isbotidir. Sopolli madaniyatiga xos hunarmandchilik namunalari turli-tuman bo`lib, jezdan quyma usulda yasalgan ko`zgular, o`smadon va ko`zachalar, tepa qismida hayvon bosh qismi tasvirlangan jez bigizlar, ilon va xochsimon shakldagi muhrlar, turli tog` jinslaridan yasalgan munchoqlardan iborat. Bu davrda hunarmandchilikning ommaviy turlaridan biri - kulolchilik ham jadal taraqqiy topgan. Sarg`ish va qizil loydan charxda yasalib maxsus xumdonlarda pishirilgan vaza va kosalar, ko`za va jo`mragli idishlar, turli hajmdagi xurmacha va xumlar o`zining sifatliligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Sopolli va ayniqsa, Jarqo`ton yodgorliklarida loydan yasalgan but haykal, hayvonlar tasviri aks ettirilgan obrazlarning mavjudligi vohada jez davrining so`nggi bosqichlarida badiiy san`atning ilk kurtaklari ham shallanganligidan darak beradi. Vohada so`ngi jez davrida istiqomat qilgan aholi Ko`hna Sharqning qadimiy sivilizatsiyalari, shu jumladan, Shumer, Akkad, Elam, Shimoliy Hindistonning Xarappa, Sibir va Qozog`iston hududlarida istiqomat qilgan elat va qabilalar bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo`lganlar.

3-zal. Qadimgi Baqtriya madaniyati[tahrir]

(miloddan avvalgi I ming yillik boshlari-- miloddan avvalgi IV asr) Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi choragi o`z tasarrufiga Surxon vohasi, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg`oniston yerlarini birlashtirgan Baqtriya o`lkasi iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida chuqur o`zgarishlar yuz bergan davr hisoblanadi. Bu jarayon bevosita temirdan mehnat qurollari yasashning ixtiro qilinishi bilan bog`liq bo`lgan. Voha ahli temirni so`nggi jez davridayoq, ya`ni miloddan avvalgi XIII-XII asrlar oralig`ida Ko`hna Sharqning qadimiy xalqlaridan biri - xettliklar bilan qariyb bir davrda kashf etgan. O`lkada temirdan ommaviy tarzda mehnat va harbiy qurollar yasash miloddan avvalgi VII-VI asrlarga to`g`ri keladi. Temirdan mehnat va harbiy qurol-yarog`lar yasashning ixtiro qilinishi dehqonchilik, harbiy bilimlar va hunarmandchilik rivojiga katta ijobiy ta`sir ko`rsatgan. Bu jarayon, ayniqsa, ilk temir asri obidalari tuzilishida va qishloq xo`jaligida yaqqol seziladi. Ilk temir asriga kelib vohaning dehqonchik uchun qulay bo`lgan hududlari jadal o`zlashtirilgan (Bandixon, Mirshodi vohalarida va Surxondaryoning quyi havzasi) va Muzrabod, Sherobod vohalari hududlarida yangidan bunyod etilgan shahar va qal`alar hisobiga mavjud ekinzor yerlar kengaytirilgan. So`nggi jez davrida vohada dehqonchilik asosan soy va daryolar havzalarida olib borilgan bo`lsa, ilk temir asrida sun`iy kanallar qazilib, yerlar o`zlashtirilgan. Ilk temir asri Baqtriya zaminida ikki qismli shaharlarning to`liq shakllangan davri hisoblanadi. Voha markazlari vasifasini o`tgan Jondavlattepa (Sherobod vohasi), Hayitobod (Quyi Surxon havzasi), Qiziltepa (Mirshodi vohasi) ikki qismdan, ya`ni, arki-a`lo va ichki shahar kabi tarkibiy qismlardan iborat. Arki-a`loda voha hukmdorligining ma`muriy inshootlari va turar joy binolar joylashgan. Har ikki qism o`z navbatida mustahkam mudofaa istehkomlari bilan o`rab olingan. Bu davrda doirasimon (Tallashqon-2) yoki to`g`ri to`rtburchak shaklidagi (Bandixontepa) mustahkam harbiy qal`alar ham barpo etilgan. Mirshodi, Qizilcha va Muzraboddagi Kuchuktepa vohaning ilk temir asriga mansub qishloqlari turkumidandir. Vohada qadimgi Baqtriya podsholigi davrida shaharsozlik va me`morchilik bilan bir qatorda hunarmandchilik ham taraqqiy topgan. Mirshodi vohasidan topilgan toshdan yasalgan odam bosh qismi tasviri, Kuchuktepa, Qiziltepa, Tallashqon kabi obidalardagi uch qirrali paykonlar, temir va toshdan yasalgan yarimoy shaklidagi o`roqlar, keli va kelisoplar shular jumlasiga kiradi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlar kulolchiligining asosiy xususiyatlaridan biri - don va suv saqlashga mo`ljallangan ulkan xumlardan tortib mo`jaz sopol idishlarning aksariyat qismi charxda yasalganligi va bankasimon ko`rinishga ega bo`lganligidir. Qadimgi Baqtriya davlati (Baqtriya, Baqtriana-bu yunoncha nom, Baxdi - "Eronga nisbatan sharqda joylashgan o`lka") miloddan avvalgi VI asr o`rtalarida Eron Ahamoniylariga qaramlikka tushib qolgan. Bu voqea miloddan avvalgi 545-539 yillar oralig`ida Kir boshchilik qilgan Eron qo`shinlarining Markaziy Osiyoning katta qismini bosib olishi oqibatida ro`y bergan. Shu sanalardan tortib, Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy) qo`shinlari tomonidan qadimgi Eron davlatining tor-mor etilishiga qadar Baqtriya Ahamoniylar Eronining katta satraplik (viloyat) laridan biri hisoblangan. Vohaning Qadimgi Baqtriya davriga mansub yodgorliklari miloddan avvalgi IV asrning 30-yillarida boshlangan Makedoniyalik Iskandar istibdodi oqibatida inqirozga yuz tutadi. Viloyatdagi Qadimgi Baqtriya davriga mansub 42 ta yodgorlikning aksariyat qismi Makedoniyalik Iskandar boshchiligidagi qo`shinlar hujumi tufayli vayronaga aylangan.

4-zal. Baqtriyaning Makedoniyalik Iskandar va Ellinstik davlatlar davri madaniyati[tahrir]

(miloddan avvalgi 329 yil, miloddan avvalgi II asr o`rtalari) Miloddan avvalgi 329 yilda Makedoniyalik Iskandar boshchiligidagi yunon- makedon qo`shinlarining Oks (Amudaryo) va Yaksart (Sirdaryo) oralig`idagi hududni egallash uchun yurushi boshlandi. Bu harbiy muhoriba so`g`dliklar, baqtriyaliklar va saklarning qattiq qarshilik ko`rsatishlariga qaramasdan, miloddan avvalgi 327 yilda Oks va Yaksart oralig`idagi katta bir qismni egallash bilan tugaydi. Bu sanadan boshlab Markaziy Osiyoning bazi bir viloyatlari kabi Baqtriya o`lkasi, shu jumladan, Surxon vohasi ham Makedoniyalik Iskandar vafotidan so`ng (milod. avv. 323 yil) Surxon vohasi Salavkiylar davlati tasarrufida bo`ladi. Miloddan avvalgi III asrning 50 - yillarida Baqtriyada Diodot asos solgan Yunon- Baqtriya shohligi vujudga kelib, bu davlat miloddan avvalgi II asrning o`rtalarigacha hukmronlik qiladi. Miloddan avvalgi II asrning 40-30 yillari oralig`ida Yunon- Baqtriya davlati sak, yuechji (yovchi) va toxar kabi elat va qabilalarning yurishi tufayli inqirozga uchraydi. Makedoniyalik Iskandar boshchiligidagi yunon - makedon qo`shinlarining istibdodi qo`shni o`lkalar singari Baqtriyada ham tushkunlik va vayronagarchilikka olib kelgan. Vohaning harbiy jihatdan muhim bo`lgan va suv manbalariga boy bir necha shahar va qishloqlarida (Tallashqondagi Tallashqon II) hayot davom etgan. Salavkiylar va ayniqsa, Yunon- Baqtrya shohligi davrida kelib, Oks (Amudaryo) bo`ylarida joylashgan Ko`hna Termiz shahar sifatida shakllangan, kechuv joyida qal`a vazifasini o`tagan Kampirtepa, Hayitobodtepa, Jondavlattepa kabi shaharchalar kengaytirilib, Dalvarzintepa kabi shahar , qishloq va qal`alarga asos solingan (Oysaritepa, Oqtepa va hokazo). Miloddan avvalgi III- II asrlar Baqtriyada, butun Yaqin Sharq hududida bo`lgani kabi, qadimgi Sharq an`analari va yunon madaniyatining birikuvi va hamkorligi jarayoni kuchayib, o`ziga xos ellinistik madaniyatni yuzaga keltirgan. Bu jarayon shaharsozlik va memorchilikda, tangalar zarb qilishda, ya`ni pul- tovar minosabatlarining tarkib topishida , badiiy san`at va hunarmandchilikda yaqqol ko`zga tashlanadi. Shimoliy Baqtrya (Surxon vohasi) ning yunon-baqtrya davri badiiy san`at turlaridan biri - terrakota haykalchalaridir . Bular yalang`och qiyofada yoki tovonlariga tushgan kiyimlari hilpirab turgan haykalchalar yoki ayol ma`budaning taxtda o`tirgan holatdagi tasvirlaridir. Bir qism haykalchalar fil suyagi yoki marmar toshdan yo`nilgan bo`lib, o`zinig nafisligi va yuksak badiiyligi bilan ajralib turadi.Yunon-Baqtrya shohlari nomidan zarb etilgan tangalarning yuza qismida Diodot, Demetriy va boshqa hukmdorlarning ko`kragigacha tasviri tushirilgan bo`lib, aynan portret shaklidadir. Yunon - Baqtriya podsholigi davri o`ymakorlik, shishasozlik, sangtaroshlik kabi hunarmandchilik turlarining ham taraqqiy etgan davridir.

5-zal. Qadimgi Baqtriyaning kushon davri madaniyati[tahrir]

(miloddan avvalgi I - milodiy III asrlar) Miloddan avvalgi I - milodiy III asrlarda hukmronlik qilgan Kushon podsholigi nafaqat Vatanimiz tarixida, balki butun Markaziy Osiyo tarixiy o`lkalari xalqlari iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida muhim o`rin tutgan davlatlardan biri sanaladi. Kushon podsholigiga asos solgan qabilalar tarixiy manbalarda yuechji( yovchi) va toxarlar deb nomlangan. Miloddan avvalgi II asrning to`rtinchi choragida asosan Baqtriyada hukmron bo`lgan Yunon - Baqtriya shohligi Markaziy Osiyoning shimoliy hududlarida istiqomat qilgan yuechji qabilalarining yurishi tufayli inqirozga uchragan. Milodiy I asrga kelib, Baqtriyada besh katta urug` (Xyumi, Shuanmi, Guyshuan, Xeytun va Gaofu - yoki boshqa bir manbada Gaofu o`rnida Dumi) ga bo`linib yashagan yuechji qabilalari Kujula Kadfiz tomonidan Guyshuan- Kushon urug`i qo`l ostida yagona davlatga birlashtirilgan. Kushon davlatining shimoliy chegarasi Janubiy Hisor tog` tizmasiga kirgan Boysuntog` hisoblanib, Kushon hukmdorlari o`z davlatining shimoliy chegaralarini mustahkamlash borasida ham tinimsiz faoliyat ko`rsatganlar. Boysuntog`dagi " Temir darvoza" va uning bilan bog`liq mudofaa istehkomlari ana shunday inshootlardan biri hisoblanadi. Vima Kadfiz va ayniqsa, Kanishka I hukmronligida bu davlat tarkibiga Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston yerlari ham kiritilgan va natijada Kushon davlati Ko`hna Dunyoning Rim imperiyasi, Parfiya va Xan Xitoyi bilan bir qatorda turgan buyuk davlatga aylangan. Milodiy III asr oxirida ichki ziddiyatlar va ayniqsa, sosoniylar Eroni qo`shinlarining Kushonshahr, ya'ni Baqtriyani egallashlari tufayli Kushon davlati inqirozga yuz tutgan. To`rt asr davomida markazlashgan davlatning mavjudligi Baqtriyada, shu jumladan, uning tarkibiy qismi bo`lgan Surxon vohasida ham iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida yuksalishga olib kelgan. Miloddan avvalgi I - milodiy I asrlarda Surxon vohasi jadal o`zlashtirilgan, yirik kanallar qazilgan (Kattanahar), mavjud sug`orish inshootlari kengaygan (Zang kanali), yangi shaharlarga asos solingan (Zartepa) yoki Tarmita (Termiz) va Dalvarzintepa singari shaharlar hududiy jihatdan kengaygan. Kushon davri shaharlari loyiha asosida bunyod etilgan ikki qism, ya'ni arki a'lo va unga tutash asosiy shahar qisimlaridan iborat bo`lgan. Bu davr shaharsozligi Dalvarzintepa, Zartepa, Ko`hna Termiz va uning tarkibiy qismlari hisoblangan Qoratepa, Fayoztepa, o`rnidagi diniy inshootlar orqali yaxshi o`rganilgan. Surxon vohasining Kushon davri shaharlari ma`muriy, iqtisodiy markaz bo`lish bilan bir qatorda diniy markazlar vazifasini ham o`tagan (Ko`hna Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa, Zo`rmola, Ayritom va Dalvarzintepadagi buddaviylik ibodatxonalari). Kushonlar hukmronligining ilk bosqichidayoq, Ko`hna Dunyo davlat va xalqlarini iqtisodiy va madaniy jihatdan bog`lab turgan qit`alararo savdo yo`li, ya'ni Buyuk ipak yo`li to`liq shakllangan va bu xalqaro savdoda Kushon davlati ham muhim o`rin egallagan. Xolchayon, Dalvarzintepa, Ko`hna Termiz, Zartepa, Ayritom kabi obidalardan qazib ochilgan dunyoviy va diniy yo`nalishlarda yaratilgan haykallar, xilma-xil mo``jaz san'at turlari, turli-tuman hunarmandchilik buyumlari o`zining takrorlanmasligi bilan ajralib turadi

6-zal. Shimoliy Tohariston ilk o`rta asrlar davrida[tahrir]

(milodiy IV-VIII asrlar) Milodiy IV-asr oxiridan boshlab Baqtriya o`lkasi tarixiy manbalarda Tohariston deb yuritila boshlangan. Tohariston o`z tarkibiga Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston va Shimoliy Afg`oniston yerlarini qamrab olgan bo`lib, hududiy jihatdan Kushon davri Baqtriya o`lkasiga teng bo`lgan. Milodiy III asr oxiri - IV asr davomida Tohariston Sosoniylar Eroni davlatiga qaram viloyatga aylangan. V asrda o`lka Xioniylar va Eftaliylar davlati tasarrufida bo`lgan. VI asrning 60-yillariga kelib, Eftaliylar davlatining Turk hoqonligi va Sosoniylar Eroni qo`shinlari tomonidan tor-mor etilishi tufayli Tohariston Turk hoqonligi davlati qo`l ostiga olgan. VII asrning 70-yillaridan Tohariston Arab qo`shinlari tomonidan bosib olina boshlagan. Bu jarayon VIII asrning 40-yillariga kelib o`lkaning batamom Arab xalifaligi tarkibiga qo`shib olinishi bilan yakunlangan. V-VIII asrlar davomida Tohariston markaziy hokimiyatga rasman qaram ko`plab kichik mulkliklarga (ularning soni 27 ta) bo`lingan. Chag`oniyon, Kuftan, Termizshohlar mulkliklari shimoili - g`arbiy Tohariston, ya`ni Surxon vohasida joylashgan. Termizshohlar mulki Amudaryoning o`ng qirg`ogidagi yerlarni va hozirgi Angor, Termiz va Jarqo`rg`on tumanlarini o`z ichiga olgan. Bu mulklik Termizshoh tomonidan idora etilgan. Chag`oniyon (arabcha Saganian, xitoycha Chigo-Yan-Na) Chag`onrud (Surxondaryo) daryosining yuqori havzasidagi yerlarni, Hisor va Bobotog` tog` oldi maydonlarini o`z tarkibiga olgan. Chag`oniyon mulkligining markaziy shahri Chag`oniyon Qizilsuvning Surxondaryoga quyilishida joylashgan Budrach hisoblanadi. IV asrning oxirida, ayniqsa, Sosoniylar Eroni qo`shinlarining Shimoliy Tohariston yerlariga yurishi oqibatida dastavval markaziy shaharlar (Tarmita-Termiz, Dalvarzintepa) inqirozga yuz tutadi. VI asr boshlariga kelib, Shimoliy Toharistonning markaziy shaharlari qayta tiklanib, kengaya boshladi va yana bir qancha shaharlarga asos solinadi. VII-VIII asrlarga oid Xitoy yozma manbalariga ko`ra, Termiz mudofaa devorining uzunligi 10 kilometr (20 li), Chag`oniyonning markaziy shahri devori 5 kilometr (10 li) ga teng bo`lgan. Toharistonning V-VIII asrlar davri shaharlari Kushon davri shaharlari kabi asosan ikki, yani arki a`lo va shahriston kabi tarkibiy qismlardan iborat bo`lgan. Zangtepa (Qulog`litepa), Hayitobodtepa, Chag`oniyon (Budrach) larning arki a`losida asosan hukmdor saroyi va u bilan bog`liq inshootlar joylashgan. Markaziy Osiyoning V-VIII asrlardagi tarixiy va madaniy o`lkalari (So`g`d, Xorazm) shaharlari kabi Tohariston shaharsozligida juda murakkab me`morchilik uslublari qo`llanilgan. Bular turkumiga gumbazli xonalar, tomlarini g`ishtlar yordamida ravoqsimon uslubda yopib, uning tepasidan ikkinchi va uchunchi qavatini qurish va hokazolar kiradi. Toharistonlik me`mor ustalar shaharlardagi qabul marosimlari o`tadigan zallarni, mehmonhonalarni, kundalik hayotga mo`ljallangan honalarni bezashda somon suvoq, devoriy rang tasvir, mahobatli haykaltaroshlik va o`yma ganchdan juda mohirona foydalanganlar. Shimoliy Tohariston shaharlari kushon davri shaharlari singari diniy markazlar vazifasini o`tagan. Ko`hna Termizda qazib ochilgan g`orsimon binolar, Chordingak o`rnidagi buddaviylik inshooti, Zangtepadan topilgan qayin po`stlog`iga bitilgan matnlar shular jumlasidandir. V-VIII asrlar davri yodgorliklari turkumiga, shuningdek, ko`shk va hovlilar, savdo yo`llari yoqasida joylashgan bojxonalar (Sherobod tumanidagi Tavka qo`rg`oni) ham kiradi. Angor vohasidagi Kuyovqo`rg`on, Bolaliktepa, Yumaloqtepa kabi ko`shklardagi muhtasham qabulxona va mehmonxonlar dunyoviy mazmunda ishlangan devoriy rang tasvirlarga, rang-barang haykallarga, loy yoki yog`ochga o`yib ishlangan naqshin lavhalarga bezalgan. Ilk o`rta asrlar Shimoliy Toharistonda badiiy san`atning, ayniqsa haykaltaroshlik va devoriy rang tasvir san`atining yuksaklikka erishgan davridir. Toharistoning V-VII asrlar davri rang tasvir san`ati Tavka qo`rg`oni va Bolaliktepa devoriy suratlari orqali o`rganilgan. Tavka qo`rg`onidagi muhtasham bino xonasidagi devoriy suratlarda ov marosimi aks ettirilgan bo`lsa, Bolaliktepa ko`shkidagi zalda bazm marosimi tasvirlangan. Vohaning Kattatepa (Xosiyattepa), Zangtepa, Bolaliktepa, Hayitobod, Kuchuktepa kabi obidalari, Bittepa singari dafinalarini o`rganish jarayonida topilgan turli-tuman shisha idishlar, metalldan yasalgan o`smadon va mehnat qurollari tog` minerallaridan yasalgan shoda munchoqlar, qo`sh baldoqli krujka va metall buyumlarga taqlid etib yasalgan sopol idishlar ilk o`rta asrlar davrida shimoli-ga`rbiy Toharistonda hunarmanchilikning ham jadal rivoj topganligini ko`rsatadi

7-zal. Shimoliy Tohariston rivojlangan o`rta asrlar davrida[tahrir]

(IX-XIII asr birinchi choragi) VIII asrning 40-yillarida shimoliy Tohariston, xususan, uning markaziy shaharlari batamom Arab xalifaligi tarkibiga kiritiladi. Bu davrdan to IX asr oxiriga qadar, ya`ni Shimoliy Toharistonning somoniylar davlati tasarrufiga o`tkazilishiga qadar bu o`lkada sodir bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayon musulmon dunyosi mamlakatlari bilan uzviy bog`liq holda rivojlandi. IX asr oxiridan to XIII asrning 20-yillariga qadar Termiz va Chag`oniyon Somoniylar, Qoraxoniylar, G`aznaviylar, Saljuqiylar, Qarluqlar, Guriylar va Xorazmshohlar davlatlari hukumronlik ostida bo`lib keldi. VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahrda, xususan, Termiz va Chag`oniyon yurtlarida musulmon madaniyatining shakllanish jarayoni yuz berdi. Bu jarayon ushbu yurtlarga islom dini, arab tili va yozuvining keng tarqalishi, musulmon dunyosi mamlakatlariga xos memoriy inshootlarning, jumladan, madrasa, masjid, karvonsaroy, minora, maqbara va boshqa turdagi madaniyat namunalarining yuzaga kelishi bilan ajralib turadi. IX asrdan boshlab, Shimoliy Toharistonda shaharsozlik jadal taraqqiy etgan. Bu davrda o`lkada uch qismli shaharlar to`liq shakillangan. Termiz, Chag`oniyon kabi shaharlar tuzilishini o`rganishda yozma manbalar (arab-fors mualiflari Jayhaniy, Istaxriy, Muqaddasiy va holazolar) bilan bir qatorda bu shaharlar hududida keng ko`lamda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar natijalari xam juda muhimdir. Termizning 500 gektarlik shahar tusini olishi X asr oxirlarida sodir bo`lib, XI-XII asrlar davomida ravnaq topgan. Chag`oniyonning markaziy shahri Chag`oniyon (Qizilsuvning Surxondaryoga quyilish joyidagi Budrach yodgorligi) 6 kvadrat kilometrga teng maydonni egallagan. Bu shahar o`zining yuksaklikka erishgan davrida, ya`ni X-XI asrning birinchi yarmida Qizilsuvning har ikkala qirg`og`ini egallagan. IX asrdan boshlab shaharsozlikda pishirilgan g`ishtlar ommaviy ravishda ishlatilgan, uylar, saroylar, qabul zallari va masjidlarni bezashda murakkab islimiy va girih naqshlar keng qo`llanilgan. Ushbu zal peshtoqidan joy olgan Termizshohlar saroyini bezab turgan naqshin lavhalar o`zining betakrorligi bilan ajralib turadi. IX-XIII asrlar davomida Termiz va Chag`oniyonda hunarmandchilik ham ravnaq topgan. Hunarmand ustalar mahallalari Termiz va Chag`oniyon shaharlari bilan bir qatorda qishloqlarda ham o`rganilgan. Chag`oniyon atrofidagi Garmalitepa qishloq joylaridagi shunday kulolchilar ustaxonalaridan biri bo`lgan. Termizda kulollar mahallasi bilan bir qatorda temirchi va shishasozlar mahallari ham bo`lgan. Temirchi ustalar mehnat qurollari, uy-ro`zg`or buyumlari bilan bir qatorda antiqa shamdonlar, qosh tergich va ko`zgularni quyma va bolg`alash uslubida yasaganlar. Misgar ustalar buyumlaga bezak berishda chizma naqsh usullaridan keng foydalanganlar. Budrach yodgorligi (Chag`oniyon shahari) ni qazish davomida topilgan mis idishlar xazinasi o`lkada misgarlikning taraqqiyotidan dalolat beradi. XI asrga oid og`irligi 300 kilogrammga yaqin bu xazina turli idishlardan, jumladan, katta-katta qozonlar, hovoncha, shamdon va ko`zalardan iborat (ushbu xazinaning eng noyob namunalari mazkur zalning markaziy qismida namoyish etilmoqda). IX-XIII asrlar davomida o`lka hunarmandlari ko`k, havorang shishadan qadahlar, bankasimon, butilkasimon idishlarni, kimyogarlar foydalanadigan kolbalar, grafinlar va pardoz-andoz buyumlarini juda mohirlik bilan yasaganlar. Zal ko`rgazmalarining katta qismi kulolchilik namunalaridan tarkib topgan. IX asr oxiridan Termiz va Chag`oniyonda sirlangan idishlar yasash o`zlashtirilgan. X asrning sopol idishlari, xususan, lagan, kosa, taqsimcha, ko`zalar yashil, jigarrang va sarg`ish sirlarga bo`yalgan. Bir tur idishlar esa oq ranga bo`yalib, sir ustidan kufiy uslibida bitilgan qora va jigarrang yozuvlar bilan bezalgan. XI-XII asrlarda idishlarning turlari yanada boyib, turfa rangli bo`yoqlarga bezalib, naqshlari ustidan yaltiroq sir bilan qoplangan. Termizlik kulollar o`rta asrlarda simob ko`zachalar yasashda ham mashhur bo`lganlar.

8-zal. Termiz va Chag`oniyonning Amir Temur va Temuriylar davlati davri madaniyati[tahrir]

(1370 yil - XVI asr boshlari) 1362-1370 yillar oralig`ida Amir Temur tomonidan Movarounnahrda markazlashgan davlatni tashkil etish jarayonida Termiz alohida o`rin tutgan. 1370 yilda Amir Temurning taxtga kelishi bayonida Amir Sayyid Baraka bilan birgalikda Termiz Sayyidlari- aka-uka xudovandzodalar Abu Mu`oli va Ali Akbarlar tilga olingan. Ayni shu yildan boshlab Sohibqiron va Termiz sayyidlari o`rtasida yaqin munosabatlar yuzaga kelgan. Amir Temur 1399 yilda Hindiston yurishidan va 1404 yilda g`arb tomonga amalga oshirilgan muhorabasidan qayta turib, Termizda qo`nib o`tgan. 1409 yilga qadar Termiz temuriy Xalil Sulton va undan so`ng Shohrux mirzo hukmronligi davrida Mirzo Ulug`bek davlati tasarrufida bo`lgan. 1220 yilda yuz bergan Chingizxon bosqini Termiz va Chag`oniyonga juda katta talofat yetkazgan. Bu yurtlarning iqtisodiyoti qayta tiklanib, madaniy ravnaq sari yuz tutishi bevosita Movarounnahrda Amir Temur davlatining tashkil topish davrida boshlangan. Shimolda Kattaqum va sharqda Solihobod qishloqlariga tutash bo`lgan Termiz katta kenglikni ishg`ol qilgan, ammo u mudofaa istejkomlari bilan o`rab olinmagan. Bu davr shahrining ta`rifi 1404 yilda Termiz orqali Samarqandga Amir Temur saroyiga Kastilya qiroli Genrix III nomidan elchi bo`lib borgan Rui Gonsales de Klavixo kundaligida o`z aksini juda yaxshi topgan: "Termiz juda keng va aholisi zich joylashgan, unda tashqi devor va mudofaa istehkomlari yo`q. Atrofi bog`-rog`, shaharni ko`plab anhorlar kesib o`tadi. Biz doimo xilma-xil mollar sotiladigan gavjum ko`chalar va maydonlardan o`tib bordik". Amir Temur davrida Chag`oniyon o`lkasining markaziy shahri Chag`oniyon ham o`z mavqeini saqlab qolgan. Arxeologik dalillarga ko`ra, XV asr oxiri-XVI asr boshlariga kelib Chag`oniyonda hayot shahristondan rabodga ko`chgan. Chag`oniyonning yana bir markazi Navand hisoblangan (Navand - chopar, choparlar shahri). Termiz, Chag`onoyon va Navand o`z zarbxonasiga ega bo`lib, ushbu zarbxonalarda Amir Temur va Temuriylar davlati hududida muomalada bo`lgan dirham (mis tangalar) qaytadan zarb etilgan (bu tangalardan namunalar zalning markaziy qismida namoyish etilmoqda). Surxon vohasidagi saksonga yaqin Sho`robqo`rg`on, Qutlug` shohtepa (Sherobod tumani), Navandaktepa (Uzun tumani) kabi yodgorliklarda XIV-XVI asrlarga mansub madaniy qatlamlar va ashyoviy manbalar mavjudligi qayd etilgan. Bu yodgorliklar qishloq, kechuv bo`yidagi qal`a, saroy, karvonsaroy va savdo yo`lidagi bojxonalar vazifasini o`tagan. Ushbu zal ko`rgazmalarida namoyish etilayotgan ashyoviy manbalar, xususan, jangchi himoya kiyimlari, sifat darajasi bilan Xitoy chinnisiga tenglashadigan lagan va kosalar, ko`za va chiroqlar, shaxmat donalari, memoriy koshinlar Termiz va Chag`oniyon amaliy san`atining Amir Temur davlati markaziy shaharlari madaniyati bilan hamohang taraqqiy etganligidan dalolat beradi.

9-zal. Surxon vohasi XVI-XX asr boshlarida[tahrir]

XVI asrning boshlaridan XVII asrning birinchi yarmiga qadar Surxon vohasi Shayboniylar va Joniylar (Ashtarxoniylar) davlatlari qo`l ostida bo`lgan. XVIII asrning birinchi yarmidan XX asr boshlarigacha voha Buhoro amirligining tarkibiy qismi hisoblangan. Vohaning xonliklar davridagi muhim markazlaridan biri Termiz hisoblangan. Tarixiy manbalarda (Mahmud Ibn Vali) aytilishicha, "Termizning qishloqlari ko`p bo`lgan. Uning muhim bir qismini hukmdor qarorgohi, bozor, madrasa va hashamatli juma masjidi bor Salovat (Salihobod ) tashkil etadi". XVIII asr boshida Sherobodga asos solingan. XIX asrga kelib, Sherobod Sharqiy Buxoroning yirik iqtisodiy va madaniy markaziga aylangan. XVI asr oxirida Chag`oniyon (Budrach)ning batamom tushkunlikka yuz tutishi oqibatida yangi shahar Qizilsuvning yuqori havzasida Dehinay (Denov) o`rnida shakllangan. XVII asr yozma manbalarida Denov mustahkam qal`adan iborat, gavjum bozorli, katta madrasa va xonaqoli shahar tusini olgan, deb ta`kidlangan. Navandak, Shahri safo, Javzi, To`folon, Vaxshivor, Basand (XVII asrdan Boysun), Mirshodi Surxon vohasining xonliklar davridagi yirik manzillari hidoblangan. Tashqi savdoda va Jayhun (Amudaryo) bo`ylab yuk tashishda Pattakesar, Termiz, Yorgoh Cho`chqaguzar va Qorakamar kechuvlari juda muhim bo`lgan. XVI asrdan to XX asr boshlariga qadar, ya`ni Amudaryoda chor Rossiyasi flotiliyasi tashkil bo`lgunga qadar bu guzarlardan muntazam foydalanilgan. Ushbu zal ko`rgazmalaridan ba`zi birlari maket ( Qumqo`rg`on tumanidagi Iskandar ko`prigi) yoki fotodiorammalar (Sayid Otaliq madrasasi, Denov shahri; Murch bobo masjidi, Termiz shahri) shaklida o`rin olgan. Voha me`moriy yodgorliklari madrasa, karvonsaroy, masjid, maqbara, bekliklar qo`rg`oni, ko`prik, tog` va daryo bo`ylarda joylashgan qal`alar kabi turlarga bo`linadi. Surxon vohasining xonliklar davri hunarmandchiligi Ko`hna Termizning qal`a va qo`rg`on yoki ko`shk deb nomlangan qismlarida, Xotin rabodda (Termiz tumani ), Sherobod begi qo`rg`onida, Jarqo`rg`ondagi Kultepa yodgorligida, To`polang daryosi yuqori oqimida joylashgan Yonikalon qal`asida, Kofrun qishlog`i (Boysun tumani) dagi Mozorattepa kabi yodgorliklarda o`tkazilgan arxeologik qidiruv natijalari orqali ma`lum. Xonliklar davrida vohada uchta asosiy hunarmandchilik markazlari (Boysun, Denov, Sherobod) mavjud bo`lgan. Ko`rgazmalarda namoyish etilayotgan jilokor koshin bo`laklari, temir va toshdan yasalgan mehnat va harbiy qurollar, zargarlik buyumlari ayni shu markazlar hunarmanchilik maktabiga xos osori-atiqalardir. Vohaning XVI-XX asr boshlari hunarmandchiligi turlaridan yana biri kulolchilik ham ayni shu markazlar kulol ustalari tomonidan yaratilgan. XVI asrga xos sopol buyumlarda Amir Temur va temuriylar davri an`analari davom etgan. Asr oxirida rangdor idishlar to`q zangori bo`yoqqa bezalib, naqshlar asosan girih va islimiy shakllardan tarkib topgan. XVII-XVIII asrlar kulolchilik buyumlarida mahsulot sifati pasayib, idishlarda to`q zangori va yashil ranglar ko`p qo`llanilgan.