Tempera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tempera (ital. tempera — boʻyoqni aralashtirmoq) — 1) boʻyoq moddasi va bogʻlovchi moddasi suvli emulsiya va tuxum sarigʻidan tarkib topgan boʻyoq. Bogʻlovchi moddalar tarkibiga qarab sariq T. (tuxum sarigʻi qoʻshilgan), oq T. (tuxum oqi qoʻshilgan), kazeinli T. va b. turlari bor. Sanoat usulida katta va kichik tyubiklarda ishlab chiqariladi; 2) T. boʻyoqlari yordamida yaratiladigan rangtasvir turi; monumental va dastgoh sanʼatida keng qoʻllaniladi. T.da yaratilayotgan asarlar sirti lok bilan qoplanmaydi, shuning uchun ular mayin jilosiz sirtga ega. T. asarlarida rang va rang tuslari tashqi taʼsirga chidamli, oʻzining dastlabki sifatini moyboʻyoq rassomligiga nisbatan uzoq vaqt saqlaydi. T.ni akvarel va guash bilan qoʻshib ishlatish mumkin.