Temiratki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Temiratki — tashqi koʻrinishi, kechishi va keltirib chiqaruvchi sabablari turlicha boʻlgan koʻpchilik teri kasallikyaarinch ifodalovchi termin. Qichishib, usti qipiklanib turadigan har xil toshmalar qadimdan T. deb atalgan. Qizil yassi T., pushti T., yuzdagi oddiy T., psoriaz — qipikli T., trixofitiya — qirma T. va boshqa farq qilinadi.

Qizil yassi temiratki — terining surunkali kasalligi. Bunda bilakning ichki, boldirning old yuzasiga, bel, jinsiy aʼzolar terisiga qizil, och pushti yoki binafsha rang, oʻrtasi botiq, yaltiroq, koʻpburchak shaklida mayda tugunchalar toshadi. Ular qagtiq qichishadi, kattalashib atrofga tarqaladi, baʼzan bir-biri bilan qoʻshilib, pilikchalar hosil qiladi. K,izil yassi T. koʻproq katta yoshdagi kishilarda badanning xamma joyida (yuzdan tashqari), ogʻiz shilliq qavatida, labning qizil hoshiyasida uchraydi.

Pushti temiratki — terining infeksion kasalligi; turli yoshdagi kishilarda kuzatiladi. Dastlab terida yumaloq yoki oval shakldagi och pushti rangli mayda dogʻlar paydo boʻladi. Oradan 4—20 kun oʻtgach dogʻlar badanning xiylagina qismini egallaydi, oʻrtasi qazgoklanib turadi. Bemorning umumiy ahvoli oʻzgarmasligi ham mumkin, baʼzan uning temperaturasi koʻtarilib, badani qichishadi, darmonsizlanadi. Keyinchalik dogʻlar qoʻngʻir tus olib, oradan 4—8 hafta oʻtgach, oʻzoʻzidan yoʻqolib ketadi, oʻrni qolmaydi.

Baʼzan allergiyaga moyil kishilarning kasallik vaqtida terisi notoʻgʻri parvarish qilinsa, oʻtkir yalligʻlanish kuzatiladi (dogʻlar qipqizil boʻlib, namiqib turadi).

Yuzdagi oddiy temiratkin i streptokokklar qoʻzgʻatadi. Yuzga, ogʻiz atrofiga har xil kattalikdagi och pushti rang toshmalar toshadi. Koʻproq bolalarda kuzatiladi.

Tukli temiratki, asosan, qoʻloyoqlarning yoziladigan joylari, koʻpincha dumba sohasida uchraydi. Shy joylarda ichida tuk boʻlgan, usti qipikli, ushlab koʻrilganda qoʻlga kattik, unnaydigan mayda kulrang tugunchalar paydo boʻladi. Koʻproq bolalarda kuzatiladi. Kasallangan teri quruq, gʻadirbudur boʻladi. Soch follikulalarida muguzlanish jarayonining buzilishi oqibatida vujudga keladi (qarang Son). Kasallikka xos alomatlar bola 2— 5 yoshligidayoq yuzaga kelib, balogʻatga yetgan davrida aniq koʻzga tashlanadi, borabora yoʻqolib ketadi; kasallik aksari qishda qoʻziydi. Bemorni teri kasalliklari boʻyicha mutaxassis vrach davolaydi. Unga doridarmonlardan tashqari, maxsus parhez buyuriladi. Terini toʻgʻri parvarish qilish tavsiya etiladi.