TeliaSonera

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
TeliaSonera
Turi Uyali aloqa
Status kompaniyasi
Shiori "Together"
Qachon asos solingan 2003
Joylashuvi Stokgolm, Shvetsiya
Hududiy xizmati Yevropa, Osiyo
Budjeti 105 milliard shved kronasi[1]
Aylanma daromadi 86 000 000 000[2]
Sof foydasi 7 601 000 000[2]
Ishchilar soni 27 838
Aʼzolari Yohan Dennelind (Prezident va ijrochi direktor)
Maria Ehrling (Kengash raisi)
Vebsayti TeliaSonera
Til(lar)i ingliz

TeliaSonera AB - Shvetsiya va Finlandiyaning hamkorlikdagi yetakchi kompaniyasi boʻlib, telekommunikatsiya va uyali aloqa xizmatlarini amalga oshiradi. Kompaniya shimoliy va Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, shuningdek bir qancha Osiyo davlatlarida xizmat koʻrsatadi, umumiy mijozlari soni esa 182 milliondan ortiq (2013-yil).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera 2002-yilda Shvetsiya va Finlandiyaning Telia hamda Sonera kompaniyalari qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Telia kompaniyasi xususiylashtirilishidan avval davlat monopoliyasi edi. Sonera esa, avvaliga shahar telefon tarmoqlariga xizmat koʻrsatgan. TeliaSoneraning 37% aktivlari Shved hukumatiga, 13.2% aktivlari Fin hukumatiga, qolgani esa dunyo boʻylab sarmoyadorlar, yirik kompaniyalarga qarashlidir.

Telia[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvetsiyaning Telegrafverket (Royal Telegraph Agency) korxonasi 1853-yilda, Stokgolm va Uppsala orasida telegraf oʻrnatilgan vaqtda tashkil etilgan. Shvetsiyada telefon tizimi yaxshi ishlanmagan, buning sababi – mamlakatda telefon patentlanmagan edi. Biroq, Ericsson shirkati qurilmalarni yetkazib bergan. 1920-yillarga kelib, mamlakatda monopoliyaga aylanadi. 1953-yilda uning nomi “Telverket” deb, 1992-yilda esa “Telia” deb oʻzgartitiladi. 1990-yil boshlarida GSM xizmat turi yoʻlga qoʻyiladi. Shu vaqtlarda uning bir qancha raqobatchilari paydo boʻlishi ushbu korxona monopoliyasiga chek qoʻydi. Ushbu raqobatchilardan eng yirigi Tele2 korxonasi boʻlib, u Shvetsiyada birinchi bor (2000-yilda) 3G xizmatini yoʻlga qoʻydi. Keyinroq, Telia korxonasi ham ushbu xizmatni koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi.

Sonera[tahrir | manbasini tahrirlash]

1917-yilda Finlandiya telegraf agentligi tashkil topadi. 1927-yilda, agentlik Finlandiya pochta boshqarmasi bilan qoʻshilib, “Fin pochtasi va telegrafi agentligi” nomini oladi. 1994-yilgacha bu agentlik mamlakatdagi barcha telefoniya xizmatlarini koʻrsatib kelgan. 1994-yili agentlik ikkiga boʻlinib, “Suomen” hamda “Telecom Finland” shirkatlariga aylantiriladi. 1998-yilda “Telecom Finland”ning nomi oʻzgarib, “Sonera” deb atala boshlanadi.

Operatsiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSoneraning xalqaro faoliyati

TeliaSonera hozirgi kunda Skandinaviya va Boltiqboʻyi davlatlaridagi eng yirik va mijozlar soni koʻp uyali aloqa kompaniyasidir[3]. Keyingi oʻrinlarda Yoigo, Megafon, NetCom va boshqalar turadi[4].

Yevropadagi uyali aloqa biznesi

Afgʻoniston[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera Afgʻonistonning Roshan uyali aloqa kompaniyasining 12,25 foiziga ega[5].

Daniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daniyada 1995-yildan beri faoliyat yuritadi.

Estoniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera Estoniyadagi “Eesti Telekom”ning egasidir. 2009-yilda mazkur korxona aksiyalarining 100 foizini sotib olgan.

Finlandiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera Finlandiyadagi eng yirik aloqa operatori boʻlib, barcha turdagi aloqa xizmatlarini koʻrsatadi.

Gurjiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yildan TeliaSonera “Geocell” aloqa kompaniyasining 58,5 foiziga ega. Qolgan 41 foizi esa Turkiyaning “Turkcell” kompaniyasiga tegishli.

Latviya[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera Latviyaning “LMT” uyali aloqa shirkatining 49 foiziga, shuningdek, “Lattelecom” operatorining 49 foiziga va “Tele Latvia” operatorining 100 foiziga egalik qiladi.

Litva[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera “Omnitel” kompaniyasining 100 foiziga va “TEO LT” kompaniyasining 88 foiziga ega.

Moldova[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera “Moldcell” kompaniyasining 74,3 foiziga ega.

Nepal[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera Nepal davlatining “Spice Nepal” kompaniyasining 80 foiziga ega, shuningdek, “Mero mobile” kompaniyasi ham qoʻshilgan.

Norvegiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Norvegiyada 1998-yildan faoliyat yuritadi.

Ozarbayjon[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil 15-maydan boshlab Azercell kompaniyasi faoliyat koʻrsatadi.

Qozogʻiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻistonda 2006-yildan boshlab “KCell” aloqa operatori sifatida ishlamoqda.

Rossiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera Rossiyaning MegaFon uyali aloqa operatorining 25,2 foiziga ega.

Ispaniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera “Yoigo” uyali aloqa kompaniyasining 76,6 foiziga ega.

Tojikiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera tojikistonning ikkita uyali aloqa operatorlarini birlashtirib, “Tcell” sifatida ishlamoqda.

Turkiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

TeliaSonera mamlakatning eng yirik aloqa operatori hisoblangan “Turkcell” kompaniyasining 38 foiziga ega.

Oʻzbekiston[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻsha paytda uning foydalanuvchilari soni 400,000 dan ziyod edi. 2012-yilda mijozlar soni 9 milliondan ortdi. 2015-yilda TeliaSonera Oʻzbekiston bozoridan chiqib ketishi taxmin qilinmoqa[6]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Annual Results 2012“ (PDF). TeliaSonera. Qaraldi: 31-yanvar 2013-yil. [sayt ishlamaydi]
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. „TeliaSonera - press release“. Cision Wire. 2009-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 7-avgust. (Wayback Machine saytida 2009-08-10 sanasida arxivlangan)
  4. The Mobile World, Global Multinationals: Consolidated Customers, Issue 40, p21 23-Oct 2006-yil, 2017-06-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-05
  5. arxiv nusxasi, 2014-07-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-08-19
  6. Teliasonera Oʻzbekiston bozoridan ketadi, 2015-10-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-17

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]