Telegrafiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Telegrafiya — telegraf aloqasini tashkil qilish tamoyillarini oʻrganish, telegraf signallarini uzatish usullarini ishlab chiqish va bu usullarni amalga oshirish uchun moʻljallangan apparatlarni yaratish bilan shugʻullanuvchi fan va texnika sohasi. Telegraf kanallari buyi’cha xabarlarni uzatish sifatini baholash bilan ham shugʻullanadi.

Asosiy vazifalariga kura, telegraf ilmiy-texnik fan sifatida quyidagi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi: telegraf kodlari (uzatishda harfraqamli xabarlarni elektr signallariga va qabul qilishda aksincha aylantirish); oxirgi telegraf qurilmalari (telegraf apparatlari, transmitterlar va referforatorlar, signallarni uzatish va qabul qilish usullari, elektron va raqamli apparatlarni ishlab chikish); telegraf kanallari (liniya aloka vositalaridan samarali foydalanish, zarur parametrli kanallar qurish); telegraf tarmoqlari (abonentlar va oxirgi punktlarni ulash usullarini tanlash, telegraf styalarini eng qulay joylashtirish, abonentlarga xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash).

Telegraf boshqa aloqa turlaridan farqli ravishda harf, raqam va tinish belgilaridan iborat diskret (uzuquzuq) xabarlar bilan ish yuritadi. Uzatiladigan xabarlar ham diskret hisoblanadi. Umumiy aloqa nazariyasi va axborotlar nazariyasi Telegrafning nazariy asosini tashkil qiladi. Telegrafda ehtimollar nazariyasi va mantiqiy algebradan ham foydalaniladi. Faksimil aloqa tamoyillarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan fototelegrafiya telegrafning muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.