Tagui

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tagui — oʻrtapishar xoʻraki, mayizbop uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot intida Kattaqoʻryun va Pushti kishmish navlarini chatishtirib chikarilgan (R. A. Yergesyan). Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, besh boʻlmali, orqa tomoni silliq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, konussimon. Gʻujumi oʻrtacha va yirik, choʻziq, koʻkishsariq, yupqa gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti yupqa, eti goʻshtdor, sersuv. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3220° boʻlganda 140—150 kunda pishadi. Novdalari yaxshi yetiladi. Hosildorligi 120—150 s/ga. Kasalliklar va zararkunandalarga chidami oʻrtacha. Uzumi yangiligida isteʼmol qilinadi, yuqori sifatli mayiz tayyorlanadi.