Szinan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Szinan — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar. Shandun provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 5,53 mln. kishi (1999). Rezina sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik (xususan, stanoklar, sanoat jihozlari, avtomobillar i.ch.), metallurgiya, kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat, qogʻoz, toʻqimachilik sanoati korxonalari ishlab turibdi.