Gidrofitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Suv oʻsimliklaridan yoʻnaltirildi)

Gidrofitlar (gidro... va yun. phyton —oʻsimlik) —suvda oʻsadigan oʻsimliklar. Pastki qismi suvda, ustki qismi suvdan koʻtarilib oʻsadi (mas, qamish). Baʼzi G. daryo, dengiz, koʻl qirgʻoqlarida va suvi qurib qolgan nam yerlarda ham oʻsaveradi. G.da ildiz boʻlmaydi yoki juda kuchsiz rivojlangan boʻladi. Bargi tuksiz. Poyasi va barglarining hujayraaro boʻshliqlari katta, havoga toʻla boʻladi. Shu sababli G. suvda qalqib turadi. Koʻpchilik G. torf hosil qiladi. Baʼzi G., ayniqsa bir yilliklari chorva mollari uchun ozuqadir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil