Suryoniy yozuvi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Suryoniy yozuvi

Suryoniy yozuvifinikiyoromiy konsonant yozuvining bir turi. Finikiy yozuvidagidek tartibga ega boʻlgan 22 belgidan iborat; harflari qoʻshilib, oʻngdan chapga qarab yoziladi. Bu yozuv 1-asrdan adabiy oromiy lahjalaridan hisoblangan suryoniy tili (dastlab Yuqori Mesopotamiyadagi Edessa sh. lahjasi) uchun qoʻllana boshlagan. Suryoniy yozuvining asosiy koʻrinishlari estrangelo (yun. "yumaloq yozuv, xat"); 430y. oʻrtalarida Suriya cherkovining 2 ga ajralishi natijasida paydo boʻlgan gʻarbiy suryoniy (yaʼqubiy yoki serto) vasharqiy suryoniy (nestorian) yozuvlaridir. Nasturiy yozuvi nasroniy missionerlar tufayli Oʻrta Osiyo va Xitoyga qadar tarqalgan. Suryoniy yozuvi faqat undosh tovushlarni ifodalagan; 7—8-asrlardan unlilarni ifodalovchi satrusti va satrosti diakritik belgilar qoʻllangan. Bu belgilar turlicha joylashgan nuqtalar yoki kichkina yunoncha harflar koʻrinishida boʻlgan; tinish belgilar ham qoʻllangan. 1840-yilda Suryoniy yozuvining nasturiy turi asosida yangi yozuv turi yaratilib, u Eron va Iroqda, shuningdek, Turkiyada yashovchi ossuriylart qoʻllana boshlagan.