Suncorp stadioni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
 AUS Suncorp stadioni yoki
Brisbane stadioni
The Cauldron (Qozon)
Sobiq nom(lar)i John Brown Oval
Suncorp-Metway stadioni
Lang Park
Joyi Brisben, Avstraliya
Koordinatalari 27°27′53″S 153°0′34″E / 27.46472°S 153.00944°E / -27.46472; 153.00944 G OKoordinatalari: 27°27′53″S 153°0′34″E / 27.46472°S 153.00944°E / -27.46472; 153.00944 G O
Asos solingan 1911
Qachon ochilgan 1914
Egasi Queensland hukumati
Operator AEG Ogden (Brisben) Pty Ltd
Yuzasi Chim
Inshoot narxi A$ 280 miliion
Meʼmor Populous
Tuzuvchi muhandis Arup Group Limited
Hajmi 52,500
Maydon egalari
Queensland regbi liga jamoalari (1980–hozir)
Brisbane Broncos (regbi) (1988–1992, 2003–hozir)
Queensland Reds (regbi) (2005–hozir)
Brisbane Roar (futbol) (2005–hozir)
South Queensland Crushers (regbi) (1995–1997)
Brisbane Strikers (futbol) (1994–1999)

Suncorp stadioni Avstraliyaning Brisben shahrida joylashgan, yana bir nomi Lang Park boʻlib Brisben shahridagi stadion joylashgan hududning nomi berilgan, undan tashqari, AFC musobaqalari va homiylik sabablari tufayli Brisbane stadioni (sobiq nomi Suncorp-Metway) deb ham ataladi.

Zamonaviy shart sharoitlarga ega boʻlgan ushbu stadion tomoshabinlar oʻtiradigan 3ta qavatdan iborat, shakli toʻrtburchak va sigʻimi 52,500 kishiga moʻljallangan. Stadion regbi va futbol oʻyinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan. Suncrop stadioni 1914-yili eski qabristonning oʻrnida bunyod etilgan, dastlab undan turli sport oʻyinlarini oʻtkazgan jumladan, vilosiped, yengil atletika, futbol va boshqalar. Maydon ilk bora 1957-yili regbi ligasi tomonidan arendaga olingan va Queenslanddagi ushbu sport turining uyi boʻlib qoldi. Stadion Queenslandning regbi va futbol klublarining uy stadioni hamdir, Queensland Reds regbi klubi Brisbane Roar futbol klubi uy uchrashuvlarini ushbu stadionda oʻtkazadi hamda, Wallabieslar va Soccerooslar baʼzi uchrashuvlarini ham ushbu stadionda oʻtkazadi. 2008-yilgi regbi boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suncorp stadioni maydoni aslida Toowong qabristonining joyi boʻlgan, 1875-yilgacha Brisbendagi asosiy qabriston edi. 1911-yilga kelib oʻsha hududda aholi soni shiddat bilan oʻsdi va oʻsha yili Paddington Cemeteries Act oʻsha hududni rivojlantirish va dam olish maskanlarini qurishni yoʻlga qoʻydi. 1914-yilda maydon atrofi oʻraldi va John Dunmore Lang nomiga Lang Park deb atala boshlandi.[1]

1920-yillarda Queensland Xavaskor Ateletika Assotsiatsiyasi (QAAA) tomonidan ijaraga olinadi. 1935-yilda Queensland Futbol Ittifoqi (QSB) QAAAning sub-ijarachisiga aylanadi va Brisben futbolining uyiga aylanadi.[2] Latrobe futbol klubi QSBning sub-ijarachisiga aylanadi va maydondan uy stadioni vazifasida foydalanadi.

Suncorp stadioni Avstraliya va Paragvay oʻrtasidagi futbol oʻyini oldidan.
Regbi oʻyini davomida stadionning ichki koʻrinishi


AFC Osiyo kubogi 2015[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Vaqt (UTC+10) Jamoa #1 Natija Jamoa #2 Round Tomoshabin
10-yanvar 2015 19:00  Saudiya Arabistoni 0-1  Xitoy B guruhi 12,557
12-yanvar 2015 19:00  Iordaniya 0-1  Iroq D guruhi 6,840
14-yanvar 2015 19:00  Xitoy 2-1  Oʻzbekiston B guruhi 13,674
16-yanvar 2015 19:00  Iroq 0-1  Yaponiya D guruhi 22,941
17-yanvar 2015 19:00  Avstraliya 0-1  Janubiy Koreya A guruhi 48,513
19-yanvar 2015 19:00  Eron 1-0  Birlashgan Arab Amirliklari C guruhi 11,394
22-yanvar 2015 20:30  Xitoy 0-2  Avstraliya Chorak final 46,067

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Paddington Cemeteries.“. Qld.: National Library of Australia (13-iyun 1914), s. 4. Qaraldi: 1-avgust 2014.
  2. Brisbane Courier Mail - 30-mart 1935

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]