Sulton Ali Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sulton Ali Mirzo
Tavalludi 1479
Vafoti 1500
Otasi Sulton Mahmud Mirzo
nothumb
Movarounnahr
1370 - 1405 Amir Temur
1405 - 1447 Shohruh Mirzo
1447 - 1449 Mirzo Ulug'bek
1449 - 1450 Mirzo Abdullatif
1451 - 1469 Abu Said
1469 - 1494 Sulton Ahmad
1494 - 1495 Sulton Mahmud
1495 - 1497 Boysungʻur Mirzo
1498 - 1500 Sulton Ali Mirzo
1500 - 1512 Zahiriddin Muhammad Bobur

Sulton ali mirzo (1483 1500) — Movarounnahr hukmdori (1498—1500). Temuriylardan. Sulton Maxmud Mirzoning 3oʻgʻli. Onasi — Zuhra begi*. Otasining vafotidan soʻng Qarshi viloyati hokimi boʻlib, keyinchalik akasi Boysungʻurdan Buxoroni (1497 y. dekabr), Bobur esa, Samarqandni tortib olgan. Bobur ota meros shahar dushman qoʻliga oʻtishi haqida xabar topib, beklaridan birini Samarqandda qoldirib, Andijon tomon yurgan. Bundan foydalangan S. A. M. Samarqandni ishgol qiladi (1498-yil fevralmart). 1499 yilda S. A.M. bilan Muhammad Mazid tarxon orasida nizo vujudga keladi. Tarxonlar Movarounnahrda katta nufuzga ega edilar (qarang Darxon). Mazid tarxon Samarqand va uning atrofidagi mulklarni oʻz oʻgʻillari, qarindoshurugʻlari va yaqin kishilari ixtiyoriga berib qoʻygan edi. S. A.M. taxtga muqim oʻrnashib olgach, Mazid tarxonga qarshi siyosat yuritadi. Natijada Mazid tarxon Samarqanddan chiqib ketadi. Shunda Toshkent hokimi Sulton Mahmudxon jiyani Xon Mirzoni (Mirzoxon, S. A.M.ning ukasi) moʻgʻul qoʻshinlari bilan Samarqandni zabt etishga joʻnatadi. S. A. M. Samarqand tashqarisida, Yoryayloqda boʻlgan jangda gʻolib chiqadi. Onasi Zuhra begimning nodonligi tufayli yozilgan maktub sabab Shayboniyxon Samarqandni jangsiz egallaydi (1500). S. A. M. Qoʻlba yalangligida qatl etiladi.