Stromboli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Stromboli — Tirren dengizidagi soʻnmagan vulkan, Lipari arxipelagida, Italiya hududi. Dengiz sathidan bal. 926 m (dengiz tubidan 2700 m). Krateri 700 m balandlikda. Muntazam ravishda vulkan bombalari va gaz otilib turadi. Krateridan chiqayotgan gazlar lavaning taftidan yorishib kechasi uzoqdan yaqqol koʻrinadi. Shu sababli uni Oʻrta dengizdagi mayoq deb ataydilar. Vulkan otilishi tiplaridan biri ham S. deb ataladi.

Stromboli