Spitamen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Spitamen (qad. fors tili. Spitamana, qad. yunon tili. Σπιταμένη, miloddan avvalgi 370-328-yillar), sug'dlar sarkardasi. Spitamen miloddan avvalgi 329328-yillarda Sugʻdiyonada makedon bosqinchilariga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni rahbari.

Spitamen (yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sutdiyonada vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (qarang Spitamen qoʻzyuloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanningyozishicha, S.ning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. S. yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. S. dastlab Doro III ning, soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng, yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 y. davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arriannmng yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget kabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib S.ni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. S.ning kizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. S.ning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. S. haqida koʻplab badiiy (V. Yanning "Qoʻrgʻon uzra olovlar", Ya. Ilyosovning "Sugʻdiyona", M. Qoriyevning "Sugʻd qoploni" romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning onasi - sug'd, otasi sak qabilasi rahbarlaridan edi. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon, jasur yigit bo'lib o'sgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab axamoniylar davlati podshosi Doro III ning, so'ngra uning o'limidan so'ng Baqtriya satrapi (hokimi) Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan bo'lgan. Bess o'limidan so'ng yunon-makedon istilochilariga qarshi uch yil mardonavor kurashgan.

Makedonlarga qarshi kurash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Makedonskiy miloddan avvalgi 329-yil bahorida Turon zaminga bostirib kirib, Maroqandani egallaydi va Tanais (Yaksart, hozirgi Sirdaryo) boʻyidagi qal’alarni egallash bilan mashgʻul boʻlib turganda, baqtriyaliklar va sugʻdiylar Spitamen boshchiligida Sugʻdiyonada qoʻzgʻolon koʻtarib, Maroqandani qamal qilganlari haqida xabar keladi. Qoʻzgʻolonchilar makedon qoʻshinlari ustidan ketma-ket ajoyib gʻalabalarga erishayotgan edilar, bular Aleksandr qoʻshinining ruhini tushirib yubormoqda edi.

Buning ustiga Aleksandr turgan Tanaisning narigi betiga osiyolik skiflar (saklar) ning katta qoʻshini yetib kelgan boʻlib, Spitamenga qoʻshilishga tayyor edi. Aleksandr qoʻshini bilan saklarga zarba berish uchun oʻq yomgʻiri ostida daryodan oʻtadi va saklar qisqa, shiddatli olishuvdan soʻng choʻl ichkarisiga qarab atayin chekinadilar. Arushanning yozishicha, Aleksandr qoʻshini ularni jazirama issiq sharoitida biroz ta’qib etgach, tashnalik azobidan qiynalgan, u koʻlmak suvdan ichib, ichburugʻ kasaliga uchrab, orqaga qaytishga majbur boʻlgan. Makedon bosqinchilarida endi Marokandaga, Spitamenga qarshi katta kuch tashlash imkoniyati paydo boʻladi. Unga qarshi Menedem boshchiligida 3000 piyoda va 800 otliq askar yuboriladi. Spitamen uning yoʻliga pistirma qoʻyib, raqibini qirib tashlaydi, jangda 2000 piyoda va 300 otliq oʻldiriladi. Aleksandr unga qarshi mahalliy xalq tilini biluvchi Farnux boshchiligida qoʻshin yuborgan.

Lekin Spitamen vaziyatga toʻgʻri baho berib, jang qilishdan voz kechadi va Maroqanda qamalini boʻshatib, massagetlar bilan qoʻshilish uchun chekinadi. Spitamen oʻziga qoʻshilgan 600 massaget otliqlari bilan choʻlga yaqin sayxonlikda oʻrnashib oladi va makedoniyaliklarga qarshi ajoyib usulda jang qilishga qaror qiladi. U dushman hujumini ham kutmaydi, oʻzi ham unga hujum qilmaydida dushman piyodalari atrofida ot choptirib, unga oʻq yomgʻiri yogʻdiradi, bordiyu makedoniyalik otliq jangchilar horigan otlarida ularga tashlanishga harakat qilgudek boʻlsalar, Spitamenning ildam baquvvat otlari osongina ulardan uzoqlashardi. Shu tariqa jang qila-qila makedon qoʻshinini tinkasini quritganlar. Dushmanlardan koʻpi oʻlgan, yarador boʻlgan.

Makedon qoʻshini koʻp talafot bergach, toʻrtburchak boʻlib saflanib, Politimet (Zarafshon) daryosi oʻrtasida joylashgan oroldagi toʻqayzorga chekingan. Bu yerda ham Spitamen ularni tinch qoʻymaydi. Makedon otliqlarining bir qismi otryad boshligʻidan beruxsat daryoni kechib oʻta boshlaydi, uning ortidan piyodalar tartibsiz suratda ergashishadi. Spitamen kamonchilari va massagetlar daryodan oʻtganlarni oʻldirib, oʻtishga harakat qilayotganlarni esa kamondan oʻqqa tutadilar. Ayni paytda Spitamen suvoriylari va massagetlar daryodagi orollardan biriga chiqib, omon qolmoqchi boʻlgan raqibga qarshi otlarini suvga haydab qanotlardan hujum qiladilar. Makedoniyaliklarning bir qismi massagetlar qoʻygan pistirmaga tushib qolib, barcha makedon harbiy boshliqlari oʻldiriladi, bor-yoʻgʻi 40 suvoriy va 300 piyoda qochib qutuladi, xolos. Mana shu tariqa Spitamenning harakatchan otliqlari ketma-ket jangga kirishmay, raqibni asta-sekin tuzoqqa tushirib, uning yirik otryadini qirib tashlashga erisha olgan. Aleksandr hech qachon bunchalik yirik magʻlubiyatga uchramagandi. Shuning uchun Spitamenga qarshi oʻzi otlanadi, Spitamen atayin choʻlga chekinadi. Biroq Aleksandr uning hiylasiga uchmay, orqasiga qaytib, alamini tinch aholidan oladi – qishloqlarga oʻt qoʻyib, 120 mingdan ortiq aholini qirib tashlaydi.

Miloddan avvalgi 328-yilda, Aleksandr Spitamenning koʻchmanchi massagetlar orasida yashirinib yurganidan xabardor boʻlgach, ularga qarshi qoʻshin yubordi. Ammo Spitamen 600 otliq bilan toʻsatdan Baqtriyada paydo boʻlib, Aleksandr qoʻshiniga hujum qilgan. Biroq jangda magʻlub boʻlgan. Spitamen omon qolgan massagetlar bilan choʻlga yashirinadi. Aleksandrning oʻch olishidan qoʻrqqan massagetlar boshliqlari Spitamenning boshini kesib, Aleksandrga yuboradilar. Qoʻzgʻolon rahbari halok boʻlishiga qaramay, xalq harakati yana bir yil davom etgan. Spitamenning qizi Apama Aleksandrning lashkarboshisi Salavkka berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tug'ilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston xalq^ari tarixi, 1j., T., 1950;
  • Shaxermayr F., Aleksandr Makedonskiy, M., 1986;
  • Gafurov B., Sibukidis D.I., Aleksandr Makedonskiy i Vostok, M., 1980.