Spitak zilzilasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Spitak zilzilasi - 1988-yilning 8-dekabr ertalab Armanistonning togʻli rayonida sodir boʻlgan dahshatli zilzila hisoblanadi. Magnitudasi 7,0 ball, kuchi 9 balldan ortiq boʻlgan. Zilzila oʻchogidan ajralib chiqqan energiya 10" joulga teng boʻlib, yer yuzasida yoriqlar, koʻchki va oʻpirilmalar hosil qilgan. Baʼzi yoriqlarning uzunligi 4—5 kilometrga choʻzilgan. Kuchli seysmik tebranishlar imoratlarni tiklab boʻlmas darajada xonavayron qilgan. Natijada Spitakdan tashqari 20 ga yaqin shahar, 342 ta qishloq juda katta zarar koʻrgan. 170 dan ortiq sanoat korxonalari ishdan chiqqan. Imoratlar tagida 25 ming kishi halok boʻlib, 19 ming kishi jarohat olgan va 514 ming kishi uysiz qolgan. Kommunikatsiya inshootlari buzilgan.

Nomi Spitak Zailzilasi
Sodir boʻlgan vaqt 1988-yil, 8-dekabr, 11:41
Magnituda 7,2
Gipomarkaz chuqurligi 10 km
Jabr koʻrgan mamlakat va region Flag of the Soviet Union.svg SSSR, Flag of Armenian SSR.svg Armaniston.SSR
Jabr koʻrganlar 25 ming kishi halok boʻlgan

514 ming kishi uysiz qolgan