Spenglish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Spenglish (Spanglish)
Milliy nomi: Spenglish (Spanglish)
Mamlakatlar: AQSH, Meksika, Ispaniya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati: norasmiy til
So`zlashuvchilar umumiy soni: bir necha ming kishi
Tartiblovchi tashkilot:
O`rni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Alifbosi: lotin yozuv
Til kodlari
ISO 639-1 -
ISO 639-2 -
ISO 639-3 -
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Spenglish (Spanglish)- (lotincha: espanglish, espaninglish, el Spanish broken, ingléspañol, ingleñol, espan’glés, espanolo, shuningdek «jerga fronteriza»-chegaradagi jargon]])-Ingliz va Ispan tillari gibridi boʻlmish bu til, hozirda Amerika Qoʻshma Shtatlarida istiqomat qilayotgan Lotin Amerika liklar tiliga aylangan. Mazkur Spenglish har qanday izohdan bosh tortib, bir necha qoida va koʻpgina variatsiyalarga ega, biroq qanchalik boy va rang-barang boʻlmasin, u ikki til orasidagi erkin oʻyin boʻlib qoladi.

Spenglish atamasi nisbatan yangi atama boʻlib, u 1965-1970 yillarda paydo boʻlgan. Uni „Ispan tilida mavjud boʻlgan soʻzlar oʻrniga Ingliz tilidagi soʻzlardan foydalanadigan Ispan tilining bir koʻrinishi“ yoki „Ingliz tilidagi soʻz va iboralarni tarjima qilmay, ularni nutqda ishlatish yoki ularning notoʻgʻri tarjimasini berish natijasida Ispan tilidan paydo boʻlgan gibrid til“ deb izohlash mumkin.

Spenglish aslida Ispan va Ingliz tillari birikmasi boʻlib, koʻp jihatlari bilan Franglezga, yaʼni Fransuz hamda Ingliz tillari qoʻshilishiga oʻxshab ketadi. Norasmiy va masxaralash maʼnolarini ifodalaydigan bu atama ayniqsa Shimoliy Amerika da yashaydigan ikki tilli aholi orasida koʻp uchraydi.

Til tarihi[tahrir]

Xristofor Kolumb ning 1492-yilda Amerika qitʼasining gʻarbiy qirgʻoqlariga suzib kelishi AQSh uchun yangi eraning boshlanishi edi. Bu tarixiy voqeadan soʻng koʻp oʻtmay ispaniyaliklar va portugaliyaliklar Janubiy Amerikani tadqiq qilish maqsadida oʻzlarining uzoq safarlarini boshladilar. Portugaliyaliklar Braziliyani, ispaniyaliklar esa mintaqaning qolgan hududlarini bosib oldilar. Buning ustiga, 16-asrda Janubiy va Markaziy Amerikada ispan mustamlakachilik siyosati juda kuchli edi. 1540-yili ispaniyaliklar Shimoliy Amerikaga xam oʻzlarining tadqiqot safarlarini uyushtirdilar. Ular avval Texasga, soʻng, oltin topish niyatida, Missisipi daryosi boʻylab sharqqa qarab yurishni davom etdilar.

Madrid ko'chalaridagi reklama shitlaridan biri. Ispancha "gratis" (free-tekin)jumlasi o'rniga "Baidefeis" ishlatilgan. Spenglishda "Baidefeis" jumlasi inglizchadagi "by the face" dan kelib chiqqan. Bu so'zning ispanchadagi muqobili: "por la cara"

1750-yilda ispan mustamlakachiligi Janubiy Amerika dan tortib Markaziy Amerika, Mexiko, Kolorado daryosi hamda Rio Grandegacha choʻzildi. Qolaversa, ispaniyaliklar Kaliforniya va Florida shtatlarida oʻzlarining doimiy mustamlakalarini oʻrnatgan edilar. Yillar davomida bu ikki shtatlarda yashaydigan aholining aksariyat qismi ispan tilida soʻzlashadiganlardan iborat edi. Amerika 1819-yilda Ispaniyadan Floridani, 1845-yilda esa Meksikadan Texasni sotib oldi. Ispan-Amerika urushidan soʻng Rio Grande shimolidagi hududlar ham Amerikaga qoʻshib olindi. Hozirgi kunda bu hududlarni Nyu Meksika, Yuta, Nevada va Kaliforniya shtatlari tashkil etadi. Bugungi kunga kelib, AQSHda tez surʼatlar bilan oʻsib borayotgan etnik guruxlar orasida Meksikaliklar birinchi oʻrinda turibdi (1990-yil-da 19 million kishi).

Amerika Qoʻshma Shtatlari 1898-yilda Ispaniyadan Puerto Rikoni olganida, yana mustamlakachilik masalasi paydo boʻldi, chunki Ispaniya Puerto Riko xududida 400 yildan beri xukmronlik qilib kelyotgan davlat edi. 1917-yilda kelib Puerto Rikoliklarga AQSH fuqaroligi berildi. Oʻzining hamdoʻstlik maqomi ostida, Puerto Riko oʻzini-oʻzi boshqaradigan davlat boʻlib qoldi. AQSHdagi muxojirlar orasida Puerto Rikoliklar yangi koʻchib kelganlardan xisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ularning Aksariyati AQSHning sharqiy hududlari, aniq’rogʻi, Nyu-York shaxriga koʻchib kelishdi.

Spenglish tilidagi aralash yozuvlarga misol[tahrir]

Ábrela tú.

¿Por qué yo? Tú tienes las keys. Yo te las entregué a ti. Además, I left mine adentro.

¿Por qué las dejaste adentro?

Porque I knew you had yours.

¿Por qué dependes de mí?

Just open it, and make it fast.

Manbalar[tahrir]

  1. Sadieva N.O. "Spenglish Amerikaning yanggi tili"
  2. Martin, Victor. EFE. Spanish, English, Spanglish…What Counts is Communication , 1998.
  3. Roca, Ana, & John M. Lipski.. Spanish in the United States: Linguistic contact and diversity Berlin: Mouton de Gruyter, 1993.
  4. Silva-Corvalan, Carmen (ed.). Spanish in four continents: Studies in language contact and bilingualism Washington, D.C.: Georgetown University Press, 1995.

Havolalar[tahrir]

  1. [Spanglish English Wikipedia]
  2. [Спанглиш ]