Soʻzoq (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sozaq tumani
Созақ ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Janubiy Qozogʻiston viloyati
Maʼmuriy markazi Shoʻlaqoʻrgʻan
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Aymurzayev Amangʻali
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 57,544[1]
Zichligi 1,4 kishi./km²
Millatlar tarkibi Qozoqlar
Oʻzbeklar
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 41 000 km²
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72546 [2]
Avtomobil raqami kodi X, 13
Xaritada
Sozaq tumani xaritada
Koordinatalari: 45°7′12″N 68°38′24″E / 45.12000°N 68.64000°E / 45.12000; 68.64000 G O

Soʻzaq tumani — Janubiy Qozogʻiston viloyatining shimoliy hududida joylashgan. Maydori 41,0-ming km2 (viloyat hududining 35,0 %). Aholisi 57,5 ming kishi. Tumanning maʼmuriy markazi — Shoʻlaqoʻrgʻan qishlogʻi.

Tuman 1928-yili yanvar oyida tashkil topdi. Tuman hududining aksar qismini toshli, qumli, choʻlu-biyobonlar tashkil qiladi. Soʻzaq tumaning eng baland joyi — Bessaz (2176 m).

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 57,544 kishini tashkil qildi, aholisining oʻrtacha zichligi 1 2 1,4 kishidan toʻgʻri keladi. Aholisining 90 % dan ortigʻini — qozoqlar tashkil qiladi, qolgani — oʻzbeklar, ruslar va boshqa millat vakillari.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqlimi keskin kontinental. Qishi shimoliy qismida sovuq, janubiy qismida iliq. Yozi issiq v qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −7-12 °C, iyulniki 24-27 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 150–250 mm[3].

Katta qishloqalri[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shoʻlaqqoʻrgʻan
  • Soʻzaq
  • Terіskey
  • Taukent
  • Qizemshek
  • Shaqiriq
  • Qaraqur
  • Qumkent

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]