Slalom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tog' chang'ichisi tushish paytida

Slalom (norvegcha slalam — pastga tushadigan iz) — 1) togʻchangʻi Si — oʻtish joylari (darvozalari) bayroqchalar bilan belgilab qoʻyilgan maxsus yoʻl boʻylab togʻdan tushish. 500—700 m li va qariyb 2000 m li (S. — gigant) masofadan iborat; 2) eshkak eshish S. — baydarka va kanoeda tez oqadigan, tabiiy yoki sunʼiy toʻsiqlar boʻlgan dare yoki kanallarda suzish; 3) suv changʻilari Si — bir xil tezlikda muayyan uzunlikdagi shatak arqoni bilan maxsus trassani bosib oʻtish.