Sina-tibet togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sina-tibet togʻlari, Sichuan Alp togʻlari — Xitoydagi togʻlar. Uz. 750 km, eni 400 km gacha. Gʻarbdan sharqqa 5000—6500 m dan 1000—1200 m gacha pasayib boradi. Eng baland joyi 7590 m. Saluin, Mekong va Yanszi daryolarining chuqur tor vodiylari bilan ajratib yuborilgan bir necha tizmalardan iborat. Yon bagʻirlari tik, qoyali. Gneys, slanets, qumtoshlardan, baʼzi joylari ohaktoshlardan tuzilgan. Seysmik faol zona. Foydali qazilmalardan oltin, temir va mis rudalari topil gan. Balandlik oshgan sari subtropik iqlim ksskin kontinentat sovuq iqlimga oʻtib boradi. Yillik yogʻin jan. togʻ etaklarida 1200 mm, shimolga qaragan yon bagʻirlarida 2000 mm va undan ortiq, Tibet togʻligiga yaqin yerlarda 600 mm gacha. Togʻlarning yuqori mintaqasi (4000 m dan baland)da alp oʻtloqlari va dashtlar, 2000—4000 m da igna bargli oʻrmonlar, 2000 m gacha aralash oʻrmonlar bor. Bu oʻrmonlar pastda doim yashil subtropik oʻrmonlarga oʻtib boradi. SING (Sinj) Richard Lourens Millington (1914.28.10, Liverpul — 1994), ingliz biokimyogari. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1950 y.dan). Kembrij universitetini tugatgan (1936). 1941—43 y.larda jun sanoati birlashmasida, 1943 y.dan Londondagi Listerov institutida, 1948 y.dan Aberdindagi Rouet i.t. institutida, 1967—76 y.larda Norvichdagi Oziqovqat institutida ishlagan. Ilmiy ishlari biologik muhim birikmalarni ajratib olish va narchalash jarayonlarini oʻrganishga, oqsillar analitik kimyosiga oid. A. J. Martin bilan hamkorlikda yangi oqsillar va antibiotiklarni oʻrganishda analitik maqsadda qoʻllanadigan qogʻozdagi xromatografiya usulini ishlab chikdi (1944). Turli polisaharidlar, elektrokinetik ultrafiltrlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazdi (1946—50). Nobel mukofoti laureati (1952, A. J. Martin bilan hamkorlikda).