Qirsildoq qoʻngʻizlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Simqurtlardan yoʻnaltirildi)

Qirsildoq qoʻngʻizlar — qattiqqanotlilar turkumiga mansub qoʻngʻizlar oilasi. 10 mingga yaqin turi uchraydi. Qoʻngʻizlarning tana uz. 10–20 mm, boshi kichkina, moʻylovi arrasimon yoki taroqsimon. Old yelka qismining orqa burchagi tikansimon turtib chiqqan. Oldkoʻkrak oʻsimtasi oʻrta koʻkrak chuqurchasiga kirgan boʻlib, toʻnkarilib qolgan qoʻngʻizlar shu moslama yordamida harakatlanib (shunda qirsillagan ovoz chiqadi; nomi ham shundan) agʻdariladi. Qanotlari yaxshi rivojlangan. Urgʻochisi tuproqqa 150—200 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumi oq, bir oz ovalsimon, silliq. Lichinkasi sariq, choʻziqroq va qattiq, simga oʻxshaydi (shuning uchun simqurt deyiladi), 3 juft oyoklari bor. Lichinkasi tuproqda yashaydi (rivojlanish davri 3—4 yil). Ivigan urugʻlar, oʻsimlik nihollari hamda qoldiqlari va boshqa bilan ovqatlanadi. Qoʻngʻizi va lichinkasi qishlaydi. Qoʻngʻizlar aprelmay oylarida tuproq yuzasiga chiqadi. Oʻsimlik barglari, gul va boshqalarni yeydi. Zararkunandaning 15 turi maʼlum boʻlib, asosan, lalmikor va togʻ oldi hududlaridagi ekinlarni shikastlaydi.

Kurash choralari: kuzgi shudgor, oʻsimlik qoldiqlarini yoʻq qilish, asosan, ammiakli mineral oʻgʻitlar, nordon tuproqlarga ohak solish, qator oralariga chuqur ishlov berish; ekishdan oldin urugʻlikni dorilash va boshqa