Simon & Schuster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Simon & Schuster
MamlakatNyu-York, AQSh
Asos solingan1924-yil
Asoschi(lar)Richard Saymon
XoʻjayiniCBS Corporation
Vebsaytsimonandschuster.com

"Simon &Schuster" nashriyotiga 1920-yillarning boshida Richard Saymon va Linkoln "Maks" Shuster tomonidan asos solingan. 1924-yili bu nashriyot ilk krossvordlar to'plamini chop etgan. Bugungi kunda "Simon & Schuster" kompaniyasi "CBS Corporation"ning bo'linmasi hisoblanadi. U "Random House", "Penguin" va "HarperCollins" bilan birgalikda ingliz tilida kitoblar chop etuvchi to'rtta eng katta nashriyotdan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda "Simon & Schuster" yiliga 2 ming xil nomda nashrlarni chop etmoqda.

1990-yillarning o'rtalarida nashriyot egasi bo'lgan "Viacom" konserni "Simon & Schuster Interactive" bo'linmasini tashkil etgan. 2003-yilga kelib, u xaridorlarning yo'qligi munosabati bilan tarqatib yuborilgan. Bo'linmaning so'nggi o'yin loyihalari sifatida "EVE Online" va "Outlaw Golf 2"ni ko'rsatish mumkin.

Mavzuga oid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]