Shkala

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shkala (lot. vsa1a — zinapoya, narvon) — 1) oʻlchash asboblarining hisoblash qurilmasidagi belgilar yoki raqamlar majmuidan iborat qism (lineyka yoki limb). Teng boʻlaklarga boʻlingan, kvadratik, logarifmik; toʻgʻri chiziq yoki doira boʻylab joylashgan boʻladi. Teng boʻlaklarga boʻlingan toʻgʻri chiziqli Shlarga chizma va oʻlchov lineykalari, doira boʻyicha joylashganlariga soat mili va boshqalar kiradi; 2) fizik kattaliklar (issiqlik, shamol kuchi) va boshqalar darajasini oʻlchaydigan, aniqpaydigan kattaliklar tizimi; 3) ish haqining tadrijiy oʻsib yoki kamayib borishini koʻrsatuvchi raqamlar majmui.