Shimoliy dengiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shimoliy dengiz - Atlantika okeanining chekka dengizi, Yevropa (Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va Shvetsiya) qirgʻoqlariga tutash, sharqda Skandinaviya va Yutlandiya ya.o.lari, gʻarbda Buyuk Britaniya, Orkni va Shetlend o.lari bilan oʻralgan. Boltiq dengizi bilan Daniya boʻgʻozlari, Atlantika okeani bilan PadeKale va LaMansh boʻgʻozlari orqali bogʻlangan. Mayd. 565 ming km2. Qirgʻoqlari shim.sharqida fordli, qolgan qismi past, baʼzan qumli. Aksari qismining chuq. 100 m dan ortiq, jan. qismida sayozliklar bor. Eng chuqur joyi 725 m. Eng yirik oroli — Gelgoland o. Sh.d.ga Elba, Vezer, Reyn, Temza daryolari quyiladi. Suvining t-rasi fevralda 2 — 7°, avg .da 12—19°. Shoʻrligi 31—35%0. Dek.dan mart oylarigacha qirgʻoklarga yaqin qismida muzlar suzib yuradi. Teztez tuman boʻladi. Suv koʻtarilishi (7,6 m gacha) har yarim sutkada takrorlanadi. Shamollar taʼsirida dengiz suv sathi 3 m va undan ortiq koʻtariladi va natijada Buyuk Britaniya, Daniya, Niderlandiya, Belgiya sohillarining ancha qismini suv bosadi. Organik dunyosi Shim. Atlantika zoogeografik oblastiga mansub. Sh.d.da oʻsimliklarning 300 dan ortiq turi uchraydi, hayvonlarning 1500 dan ziyod turi yashaydi. Baliq (kambala, treska, piksha, sayra, skumbriya, seld va boshqalar) ovlanadi. Dengiz tubidan neft va tabiiy gaz olinadi. Sh.d. orqali Atlantika okeaniga muhim dengiz yoʻllari oʻtgan. Asosiy portlari: Rotterdam, Amsterdam (Niderlandiya), Antverpen (Belgiya), London, Immingem, Xall (Buyuk Britaniya), Gamburg , Bremen, Vilgelmsxafen (GFR), Gyoteborg (Shvetsiya), Oslo, Bergen (Norvegiya).